Shirk keltirgandek gunohmasmi?
Assalomu alaykum! Agarda ba’zi bir fantastik yoki sehr-jodu haqidagi kinolarni ko‘rsa shirk keltirgan, gunohkor bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shirk keltirgan bo‘lmaydi, lekin vaqtini behudaga sarflagani uchun gunohkor bo‘ladi. عَنْ عَلِيِّ بْنِ حُسَيْنٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّ مِنْ حُسْنِ إِسْلَامِ الْمَرْءِ تَرْكَهُ مَا لَا يَعْنِيهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ Ali ibn Husayn roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, kishining o‘zi uchun befoyda narsalarni tark qilishi Islomining husnidandir», dedilar». Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar. Hayotimizga diqqat bilan nazar soladigan bo‘lsak, kishilarning ko‘p vaqti, zehn-zakovati, aql-idroki va imkoniyatlari behuda narsalarga sarf qilinayotganini ko‘ramiz. Behuda narsalardan chetda bo‘lgan kishi faqat foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lishini yaxshi anglab etishimiz lozim. Binobarin, har doim befoyda ishlardan o‘zimizni chetda tutishimiz kerak bo‘ladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Shunga muvofiq behuda ishlar va bema’ni harakatlardan tiyilish mo‘minning axloqi hisoblanadi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar