O‘qituvchimning gapidan ikkilanib qoldim

Assalomu alaykum! Bir savolim bor men xozirda o‘qishga tayyorlanyapman besh vaqt namoz o‘qishni boshlagandim. Yaqinlarim ikki tarafga bo‘linishdi. 1 tarafdagi yaqinlarim besh vaqt namoz o‘qishimga qarshi. Ular ota onam o‘qituvchim. 2 tarafdagi yaqinlarim men taraf O‘qituvchim aytyapdi bir soat bilim olish qirq kunlik ibodatdan ustun deb yozilgan Qur’on da deyapti men nima qilishni bilmayapman iltimos yordam bering
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘qituvchingiz bekorlarni aytibdi. Har bir balog‘atga etgan o‘g‘il va qiz zimmasiga namoz o‘qish farz. Namoz bilan ilm bir biriga qarshi qo‘yiladigan naralar emas. Aksincha birgalikda olib borilishi kerak bo‘lgan ishlardan. Ustozingizga aytib qo‘ying o‘zicha fatvo bermasin. عَنْ عُبَيْدِ الله بْنِ أَبِي جَعْفَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَجْرَؤُكُمْ عَلَى الْفُتْيَا أَجْرؤُكُمْ عَلىَ النَّارِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ  Ubaydulloh ibn Abu Ja’fardan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Fatvoga jur’atli bo‘lganingiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», dedilar».
Dorimiy rivoyat qilgan.
Kim do‘zaxga tushishdan qo‘rqmasa, parvo qilmasdan to‘g‘ri kelgan fatvoni aytaveradi.
Ushbu ta’limotlar musulmonlarning avvalgi avlodlari tomonidan yaxshi o‘rganib chiqilgan, ularga amal qilingan va ular asosida maxsus qoidalar ishlab chiqilgan edi.
Abdurrohman ibn Abu Laylo bir masalani so‘rab bilib olish uchun bir yuz yigirmata sahobiyga murojat qilganini, ularning hammasi o‘zidan boshqadan so‘rashni tavsiya qilganlarini rivoyat qilgan.
O‘zidan ilmliroq kishining borligini bilgan olim ham o‘zi fatvo bermay mazkur bilmliroq kishidan so‘rashni maslahat berishi qoidaga kiritilgan.
Musulmonlar ushbu qoidaga qarshi chiqqanlarga nisbatan murosasiz kurash olib borganlar va shuning uchun ham, turli ixtiloflar hamda balo ofatlardan saqlanganlar.(“Din nasihatdir” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:42 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar