Keyingi nikoh uchun
Assalomu alaykum! Oldindan javobingiz uchun rahmat. Beradigan javobingiz men uchun juda muhim. Savolim shundan iboratki, men 2014-yil unashtirildim, keyin to‘yim bo‘lmasdan oldin Londonga ketdim va unashtirilgan yigitim bilan o‘sha erda bir masjidda ota-onalar rizoligi(telefon orqali) bilan va 2ta arab (o‘sha yigitning tanishlari, yoshi 45larda) tanishi guvohligida nikoh o‘qitdik. Lekin 6 oy o‘tmasdan malum bir sabablar bilan fotihamni qaytardik. U bola menga «agar ketsang mani xotinim hisoblanmaysan» deb qayta-qayta aytdi. Men esa qaytib O‘zbekistonga keldim. Mana vaqt o‘tib yana sovchi chiqib turmushga chiqishimga to‘g‘ri kelyapti. Mani qiziqtirayotgan savol meni u bola bilan nikohim bekor qilindimi? Ya’ni uch taloq demasa ham hisobga o‘tadimi? Yoki boshqa nikohga o‘tish uchun uni rizoligini eshitishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar ajrashish va taloq niyatida “agar ketsang mani xotinim hisoblanmaysan” degan bo‘lsa taloq tushgan bo‘ladi. O‘sha Londondan kelgan kuningizdan boshlab uch hayz muddat o‘tgan bo‘lsa, iddangiz chiqqan ham bo‘ladi. Ota-onangiz kuyovdan niyatini so‘rab ko‘rishsin. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 21:42 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush