Joy namozga sig‘masam
Assalomu alaykum! Mani bir oyog‘im yaxshi bukilmaydi. Namoz o‘qigani masjidlarga borganimda namoz vaqti boshimni joynamozga qo‘yganimda haligi chap oyog‘im orqamdagi odamni boshiga tegib ketadi. Bir xil paytlari ya’ni manga masjiddagi joy namozlar kichiklik qiladi. Yoki sajdadan turayotganimda oldimdagi odamni yumshoq joyi boshimga tegib ketadi. O‘shanda namozim buziladimi? Yoki ikki oyog‘imni qiblaga uzatib namozimni ishora bilan o‘qiyveraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Peshonangizni erga qo‘yib sajda qiling. Buning uchun eng chekkadan orqangizda hech kim turmaydigan joyni tanlang. Sajda qilishga imkoniyatingiz bo‘laturib ishora bilan o‘qishingiz joiz bo‘lmaydi. Farz ado bo‘lmaydi. Bosh tegib ketishi namozni buzmaydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 00:26 | Savol-javoblar | 139 | Ibodatlar