Nikoh uzuklari

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda to‘yda va to‘ydan keyin kelin-kuyov nikoh uzugi ma’nosida "obruchalka" taqish urfga kirgan. Bunda ikkisining ham uzugi tilla bo‘ladi. Bilamizki, tilla uzuklar erkaklar uchun harom qilingan, ammo kupchilik erkaklar taqishadi(asosan nikoh uzugi sifatida, "obruchalka"ni). Nikoh uzugi sifatida kelinga tilla uzuk, kuyovga kumush uzuk bersa bo‘ladimi? Ikkalasiniki ikki xil bo‘lib qoladi ammo halol bo‘ladi. Erkaklarning bu ma’noda tilla uzuk taqishi kundan kunga urf bo‘lyapti, kumush uzukka esa ko‘pchilik qaynonalar qarshi, ikkisiniki ham bir xil bo‘lishini istashadi. Bu ishni qilayotgan va qilmoqchi bo‘lgan insonlarga nasihat qilsangiz.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaysi narsadan yasalgan uzuklarni taqsa bo‘ladi?عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللَّه عَنْهمَا، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، اتَّخَذَ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ، وَجَعَلَ فَصَّهُ مِمَّا يَلِي كَفَّهُ، وَنَقَشَ فِيهِ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللَّهِ، فَاتَّخَذَ النَّاسُ مِثْلَهُ، فَلَمَّا رَآهُمْ قَدِ اتَّخَذُوهَا رَمَى بِهِ، وَقَالَ لَا أَلْبَسُهُ أَبَدًا، ثُمَّ اتَّخَذَ خَاتَمًا مِنْ فِضَّةٍ، فَاتَّخَذَ النَّاسُ خَوَاتِيمَ الْفِضَّةِ، قَالَ ابْنُ عُمَرَ: فَلَبِسَ الْخَاتَمَ بَعْدَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَبُو بَكْرٍ، ثُمَّ عُمَرُ، ثُمَّ عُثْمَانُ، حَتَّى وَقَعَ مِنْ عُثْمَانَ فِي بِئْرِ أَرِيسَ" (متفق عليه) Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tillodan uzuk taqib, uning ko‘zini qo‘llarining kafti tarafiga qilib oldilar. Unga Muhammad Rasululloh lafzlarini naqshini soldirdilar. Odamlar ham u zot kabi tillodan uzuk taqishni boshladilar. Rasululloh odamlarni tillodan uzuk taqqanlarini ko‘rgach o‘z uzuklarini echib qo‘ydilarda, buni endi taqmayman, dedilar. keyinroq kumushdan uzuk taqa boshladilar. Odamlar ham kumush uzuk taqa boshladilar". Ibn Umar roziyallohu anhu aytdilar: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan so‘ng u uzukni Abu Bakr, so‘ngra Umar, so‘ng Usmon roziyallohu anhumlar Ariys qudug‘iga tushib ketgunicha taqdilar" (Muttafaqun alayh).
Ahmad ibn Hanbaldan uzuk taqishlikda sunnat nima? deb so‘ralganda, u zot: "Qavmning uzuklari faqat kumushdan bo‘lar edi", dedi (Al-Masuatul fiqhiya. J.11. – B. 25).
Uzuk deyilganda asosan uning xalqasi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra xalqasi kumushdan bo‘lib, ko‘zi qimmatbaho toshlardan yasalgan uzukni taqish joizdir.
Taqish man qilingan uzuklar
Erkaklar tillo uzuk taqishdan qaytarilganlar. عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ، عن النبي صلى الله عليه وسلم: أنه نهى عن خاتم الذهب. أخرجه البخاري ومسلم Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tillo uzuk taqishdan qaytardilar" (Buxoriy va Muslim rivoyati).عن عَلِي رَضِي اللَّه عَنْه قال: أَخَذَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ذَهَبًا بِيَمِينِهِ، وَحَرِيرًا بِشِمَالِهِ، ثُمَّ رَفَعَ بِهِمَا يَدَيْهِ فَقَالَ: " هَذَانِ حَرَامٌ عَلَى ذُكُورِ أُمَّتِي" أخرجه أحمد والنسائي Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ng qo‘liga tilloni, chap qo‘liga ipakni oldilar. So‘ngra ikkalasi bilan ikki qo‘lini yuqoriga ko‘tarib, “Bular ummatimning erkaklariga haromdir”, dedilar”.
Ahmad va Nasoiy rivoyati.وعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ رضي الله عنهما، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَأَى خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ فِي يَدِ رَجُلٍ، فَنَزَعَهُ فَطَرَحَهُ، وَقَالَ: " يَعْمِدُ أَحَدُكُمْ إِلَى جَمْرَةٍ مِنْ نَارٍ، فَيَجْعَلُهَا فِي يَدِهِ"، فَقِيلَ لِلرَّجُلِ بَعْدَ مَا ذَهَبَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: خُذْ خَاتِمَكَ انْتَفِعْ بِهِ؟ قَالَ: لَا وَاللَّهِ لَا آخُذُهُ أَبَدًا، وَقَدْ طَرَحَهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ" أخرجه مسلم Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining tillo uzuk taqqanini ko‘rib, uning qo‘lidan echib olib, tashlab yubordilar va “Sizlardan biringiz o‘tning cho‘g‘ini qasd qilib qo‘liga oladiya?!”, dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ketgach, boyagi kishiga uzugingni olib (boshqa maqsadda) foydalanaver, deyilindi. U: “Allohga qasam, hargiz uni olmayman, uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tashlab yubordilar, dedi” (Muslim rivoyati).
Shuningdek, erkaklarga faqat kumush, ayollarga esa tillo va kumushdan yasalgan uzuklar halol hisoblanadi. Lekin, temir, mis, qo‘rg‘oshin, bronza kabi metallardan yasalgan uzuklar erkagu ayolga ham harom sanaladi. عن بُرَيْدَةَ رضي الله عنه، أَنَّ رَجُلًا جَاءَ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَعَلَيْهِ خَاتَمٌ مِنْ حَدِيدٍ فَقَالَ: " مَا لِي أَرَى عَلَيْكَ حِلْيَةَ أَهْلِ النَّارِ" فَطَرَحَهُ، ثُمَّ جَاءَهُ وَعَلَيْهِ خَاتَمٌ مِنْ شَبَهٍ ـ نحاس أصفر ـ فَقَالَ: " مَا لِي أَجِدُ مِنْكَ رِيحَ الْأَصْنَامِ" فَطَرَحَهُ، قَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ: مِنْ أَيِّ شَيْءٍ أَتَّخِذُهُ؟ قَالَ: " مِنْ وَرِقٍ، وَلَا تُتِمَّهُ مِثْقَالًا" (أخرجه النسائي وأبو داود) Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Temir uzuk taqqan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzuriga keldi. Shunda u zot: "Negadir senda do‘zax ahlining ziynatini ko‘ryapman-a”, dedilar. bas u taqishni tark qildi. Keyinroq sariq misdan uzuk taqib keldi. Shunda u zot “Negadir sendan butning hidini sezayapman-a”, dedilar. Bas u taqishni tark qildi. Haligi kishi: “Nimadan uzuk taqsam bo‘ladi?”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kumushdan, vaznini bir misqolga etkazmagin”, dedilar” (Nasoiy va Abu Dovud rivoyati). عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ رَضِي اللَّه عَنْه قَالَ: إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَأَى فِي يَدِ رَجُلٍ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ فَقَالَ: " أَلْقِ ذَا" فَأَلْقَاهُ، فَتَخَتَّمَ بِخَاتَمٍ مِنْ حَدِيدٍ فَقَالَ: " ذَا شَرٌّ مِنْهُ" فَتَخَتَّمَ بِخَاتَمٍ مِنْ فِضَّةٍ، فَسَكَتَ عَنْهُ" أخرجه أحمد Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining qo‘lida tillo uzuk ko‘rib: “Buni tashlab yubor”, dedilar. U uni tashlab yuborib, temir uzuk taqib oldi. U zot: “Bunisi undan ham yomon”, dedilar. Keyin kumushdan uzuk taqqan edi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam indamadilar”. (Ahmad rivoyati).وعَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، رَأَى عَلَى بَعْضِ أَصْحَابِهِ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ، فَأَعْرَضَ عَنْهُ فَأَلْقَاهُ، وَاتَّخَذَ خَاتَمًا مِنْ حَدِيدٍ فَقَالَ: " هَذَا شَرٌّ، هَذَا حِلْيَةُ أَهْلِ النَّارِ" فَأَلْقَاهُ، فَاتَّخَذَ خَاتَمًا مِنْ وَرِقٍ، فَسَكَتَ عَنْهُ" أخرجه أحمد بسند حسن Amr ibn Shuayb otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan ba’zisini qo‘lida tillo uzuk ko‘rib qolib undan yuz o‘girdilar. Sahobiy uni tashlab yuborib, temirdan uzuk taqib oldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bunisi yomonroq, bu do‘zax ahlining ziynatidir”, dedilar. sahobiy uni ham tashlab yubordi. Keyin kumushdan uzuk taqqanida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam indamadilar” (Ahmad rivoyati).وعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ، أَنَّهُ لَبِسَ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ فَنَظَرَ إِلَيْهِ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَأَنَّهُ كَرِهَهُ فَطَرَحَهُ، ثُمَّ لَبِسَ خَاتَمًا مِنْ حَدِيدٍ فَقَالَ: " هَذَا أَخْبَثُ وَأَخْبَثُ" فَطَرَحَهُ، ثُمَّ لَبِسَ خَاتَمًا مِنْ وَرِقٍ فَسَكَتَ عَنْهُ" أخرجه أحمد Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “U kishi tillo uzuk taqib olgan edi. uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘rib qolib, yoqtirmaganday bo‘luvdilar, u uni tashlab yubordi. So‘ngra temir uzuk taqib oldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Bu xabis, xabisroq (jirkanch, iflosroq)dir”, dedilar. U uni tashlab yubordi. So‘ngra kumush uzuk taqib oldi. U zot indamadilar” (Ahmad rivoyati). وَحَرُمَ التَّخَتُّمُ بِالْحَجَرِ وَالْحَدِيدِ وَالصُّفْرِ وَالذَّهَبِ "Tosh, temir, sariq mis, bronza, tillodan uzuk taqish harom sanaladi" (Bahrur roiq). وَفِي الْجَامِعِ الصَّغِيرِ: وَلَا يَتَخَتَّمُ إلَّا بِالْفِضَّةِ، وَهَذَا نَصٌّ عَلَى أَنَّ التَّخَتُّمَ بِالْحَجَرِ وَالْحَدِيدِ وَالصُّفْرِ حَرَامٌ Jomi’us sag‘irda keltiriladi:
“Faqatgina kumush uzuk taqiladi. Bu esa tosh, temir, sariq mis, bronza uzuklarni taqish haromligi borasida hujjatdir” (Inoya sharhul Hidoya).
Uzuk vazniقال الحنفية: لا يزيد الرجل خاتمه عن مثقال. وهو ما يعادل = 4،25جراماً Hanafiy mazhbida, kishi uzugini bir misqoldan ziyoda qilmasligi lozim. Bir misqol 4. 25 gramga to‘g‘ri keladi.وحجتهم في ذلك حديث بُرَيْدَةَ رضي الله عنه، أَنَّ رَجُلًا جَاءَ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَعَلَيْهِ خَاتَمٌ مِنْ حَدِيدٍ، فَقَالَ: مَا لِي أَرَى عَلَيْكَ حِلْيَةَ أَهْلِ النَّارِ، فَطَرَحَهُ، ثُمَّ جَاءَهُ وَعَلَيْهِ خَاتَمٌ مِنْ شَبَهٍ، فَقَالَ: مَا لِي أَجِدُ مِنْكَ رِيحَ الْأَصْنَامِ، فَطَرَحَهُ، قَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ، مِنْ أَيِّ شَيْءٍ أَتَّخِذُهُ؟ قَالَ: مِنْ وَرِقٍ وَلَا تُتِمَّهُ مِثْقَالًا" أخرجه الترمذي وأبو داود والنسائي Ularning bu boradagi hujjatlari Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis bo‘lib, bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlaiga keldi. Uni qo‘lida temirdan bo‘lgan uzuk bor edi. Shunda u zot:
“Temir uzuk taqqan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzuriga keldi. Shunda u zot: "Negadir senda do‘zax ahlining ziynatini ko‘ryapman-a”, dedilar. bas u taqishni tark qildi. Keyinroq sariq misdan uzuk taqib keldi. Shunda u zot “Negadir sendan butning hidini sezayapman-a”, dedilar. Bas u taqishni tark qildi. Haligi kishi: “Nimadan uzuk taqsam bo‘ladi?”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kumushdan, vaznini bir misqolga etkazmagin”, dedilar” (Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy rivoyati).
Ayollar taqishi man etilgan uzuk
Hanafiy mazhabiga binoan, ayol kishilar tillo, kumushdan boshqa metallardan yasalgan uzuklarni taqishlari harom sanaladi.فأما التختم بالحديد والرصاص والصفر والشبة فهو حرام على النساء والرجال جميعاً، والأصل فيه ما روي أن رسول الله عليه السلام؛ رأى على رجل خاتم صفر، فقال: ما لي أجد منك ريح الأصنام، ورأى رسول الله عليه السلام على رجل خاتماً من حديد، فقال: ما لي أرى عليك حلية أهل النار Temir, qo‘rg‘oshin, bronza, sariq misdan bo‘lgan uzuk ayollarga ham erkaklarga ham birday harom hisoblanadi. Bu boradagi dalil, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan quyidagi hadisdir:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sariq misdan uzuk taqqan kishini ko‘rib:
“Menga nima bo‘ldiki, senda butni hidini topayapman” dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishini temirdan uzuk taqqanini ko‘rib: “Menga nima bo‘ldiki, senda do‘zax ahlini ziynatini ko‘rayapman” dedilar”
. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 63 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar