Farzanddan saqlanish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bu savolning javobi men uchun juda muhumligi hamda shu kunlarda zarur bo‘lgani sabab yozishga qaror qildim. Alloh bizga bergan farzand ne’matini ko‘rish arafasidamiz. Bu bizning 3-farzandimiz bo‘ladi Inshaa Alloh. Savolim shuki, ayolim ushbu farzandni jarrohlik yo‘li bilan dunyoga keltiradi. Chunki avvalgilari ham Allohning taqdiri sabab jarroxlik bilan dunyo yuzini ko‘rgan. Shu sabab onaning salomatligini o‘ylagan holda jarroxlik qilingan vaqt kelajakda yana farzandlik bo‘lishni oldini oladigan muolajalarni bajarsa bo‘ladimi? Ayolimga yana bir bor homilador bo‘lish sog‘lig‘i uchun jiddiy zarar bo‘lishida xavfdaman. Javobimgiz uchun oldindan rahmat. Alloh O‘z dini uchun qilayotgan ishlaringiz va bizlarga ko‘rsatadigan shar’iy to‘g‘ri yo‘lingiz evaziga ulkan ajrlar bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu holatda farzanddan saqlanadigan yo‘llarni qilish joiz, lekin bachadonni tug‘maydigan holatga keltirish joiz emas. Bu Alloh taolo yaratgan xilqatni o‘zgartirish bo‘lib, ulamolar buni harom deganlar. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 02:36 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar