Zino avvalgi ibodatlarni xabata qiladimi?

Assalomu alaykum! Zino qilgan kishini zinodan oldingi ibodati habata bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oyat va hadislarda ba’zi bir amallar o‘zidan avvalgi hasanotlarni xabata qilishi zikr qilingan. Ulardan biri shirk, kufr va murtadlikdir. Ba’zi bir hadislarda asr namozini o‘qimagan kishini o‘sha kuni asrgacha qilgan savobli amallari xabata bo‘ladi deyilgan. Zinoni halol desa, faxr bilan qilsa, gunoh deb bilmasa kofir bo‘ladi. Qalbida bu gunoh lekin fosiqligim uchun qilyapman, o‘zimni tiyolmayapman desa kofir bo‘lmaydi, ammo o‘ta qattiq gunohkor bo‘ladi. Bir kun ayoli yoki qizlari qilgan zinolarining qarzini uzadi. Ammo gunohi kabira o‘zidan oldingi savoblarni habata qilishi zikr qilinmagan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:05 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar