To‘yonani go‘shtga bog‘lash

Assalomu alaykum! Sinfdoshlar bilan to‘yonalarimiz 10kg go‘sht narxiga bog‘langan edi. Shu vaqtgacha 15ta odamga o‘sha vaqtni 10kg go‘sht pulini berganman. Hozir 10kg go‘sht pulini olishim nojoiz ekan, bildim. Qaysi yo‘l to‘g‘ri: a) hozir 10kg go‘sht pulini olib man berganlarimdan farqini sinfdoshlarim nomidan ularga bildirmasdan ehson qilishim(maqsad fitna chiqarmaslik) b) umuman pul olmasdan "roziman" deb yuborish(maqsad fitna chiqarmaslik) v) 15ta bola 150kg go‘sht yoki shunga teng sigir olib berishlari(fitnadan qo‘rqaman) g) 15ta bola pullarni yig‘ib dollar qilib berishlari(fitnadan qo‘rqaman) d) siz beradigan echim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Berganingizdan ortig‘ini qaytarib bering. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 12:58 | Savol-javoblar | 181 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar