Ota-onaga nasihat qilish mumkinmi?
Assalamu alaykum! Ustozlar farzand o‘z ota-onasiga dinu dienat va hayot haqida nasihat qilsa bo‘ladimi? Qobil qori akaning bir maruzasida eshtishimcha Payg‘ambarmiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarga qarata xo‘jaynimizni o‘zimiz tug‘amiz deganlarida. Sahobalar ey Allohning rasuli xo‘jaynimizni tug‘ishmiz qanday bo‘ladi deganlarida. O‘zing tug‘ib o‘stirgan bolang ota undoqmas, ona bundoqmas deydi, farzanding yuli bilan yuradigan payt keladi bu ham qiyomatning alomati degan ekanlar. Bu holatlar hozirgi kunda ham bo‘lib turgan ishlardan. Bu holatlarga fikringiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar ota-ona noto‘g‘ri yo‘lda bo‘lsalar, to‘g‘ri yo‘lga chaqirishga eng haqlilari o‘shalar bo‘ladilar. Alloh taolo “Shuuro” surasi 214-217-oyatlarida :
Va yaqin qarindosh-urug‘laringni ogohlantir.
Ushbu oyati karima nozil bo‘lganidan keyin, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam Safo tepaligiga chiqib:
«Yo sabohoh! – deb baqirdilar. Odamlar u kishining huzurlariga to‘plandilar. Kimdir o‘zi keldi, kimdir odamini yubordi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga qarab: – Ey Banu Abdulmuttolib! Ey Banu Fehr! Ey Banu Lu’ay! Aytinglar-chi, agar men sizga «Tog‘ning ortida otliqlar sizlarni g‘orat qilishga shay bo‘lib turibdi», desam, ishonasizlarmi?! – dedilar. Ular:
– Ha, ishonamiz! – dedilar. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:
– Albatta, men sizlarga shiddatli azobdan oldin kelgan ogohlantiruvchiman, – dedilar.
Shunday qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga nozil bo‘lgan oyatga muvofiq, yaqin qarindoshlarini ogohlantira boshladilar. Ul zot sollallohu alayhi vasallam faqat bu bilan kifoyalanib qolmay, o‘zlariga eng yaqin bo‘lgan shaxslarni ham ogohlantirdilar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi:
«Ushbu oyat nozil bo‘lganidan keyin, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurayshliklarni ham umumiy, ham xususiy ravishda da’vat qildilar. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:
«Ey qurayshliklar, o‘zingizni do‘zax o‘tidan qutqaringlar! Ey Banu Ka’b jamoasi, o‘zingizni do‘zax o‘tidan qutqaring! Ey Fotima Muhammad qizi, o‘zingni do‘zax o‘tidan qutqar! Allohga qasamki, men sizlardan Allohning biror narsasini qaytarishga molik emasman», dedilar».
215. Va senga ergashgan mo‘minlarga qanotingni pastlat.
Ya’ni «Ular bilan yumshoq muomalada bo‘l, ularga mehribonlik ko‘rsat, tavozu’li bo‘l». Darhaqiqat, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam mo‘minlarga shunday muomalada bo‘lganlar.
216. Bas, agar ular senga isyon qilsalar: «Men siz qilayotgan amallarga aloqador emasman», – degin.
Ogohlantirilganlaridan keyin odamlar ikkiga bo‘linadi. Ba’zilari u zot sollallohu alayhi vasallamga itoat qilib, ergashadilar, ularga avvalgi oyat taqozosi ila qanotlarini pastlatadilar. Ba’zilari esa bo‘yin egmay, isyon qiladilar. Ushbu oyat taqozosi ila ulardan bezorliklarini, ular bilan aloqalari yo‘qligini aytadilar.
217. Va o‘ta izzatli, o‘ta rahmli Zotga tavakkul qil…
Hammadan g‘olib, ustun va bandalariga mehribon bo‘lgan Alloh taologa suyan.
Yana “Tahrim” surasi 6-oyatida :
«Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni va ahlu ayolingizni yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan olovdan saqlang. Uning tepasida qo‘pol, darg‘azab farishtalar bo‘lib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar».
Bu oyati karimada Alloh taolo mo‘min-musulmon bandalarini o‘zlarini va ahli ayollarini oxirat otashidan saqlashga buyurmoqda.
«Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni va ahli ayolingizni yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan olovdan saqlang».
Mazkur do‘zax olovidan saqlash gunohlarni tark etish va toat-ibodat qilish bilan bo‘ladi. Oxirat otash-olovi bu dunyoning olovidan farq qiladi. Uning yoqilg‘isi odamlardan va toshdan iborat bo‘ladi. Ya’ni bu dunyoda iymonga kelmay, gunoh qilib, Allohning amriga bo‘ysunmay, osiy o‘tgan bandalarning jasadi o‘sha o‘tga yoqilg‘i bo‘ladi. Faqat inson tanasining o‘zi kuysa, uncha qizimay qolmasin, deb tosh ham qo‘shimcha yoqilg‘i qilinadi. Ehtimol, ushbu oyatlar nozil bo‘lgan davrda toshning yoqilg‘i bo‘lishi kishilarning tasavvuriga kelmagandir. Ammo toshko‘mir chiqqandan keyin tosh qanchalik yuqori issiqlik beruvchi yoqilg‘i ekani hammaga ma’lum bo‘ldi.
Do‘zaxning yana bir dahshatli tomoni – uning qo‘riqchilari qo‘pol va shafqatsiz farishtalardir.("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Abu Hurayra roziyallohu anhu iymon keltirgan paytlarida uning onasi iymon keltirmagan edi. Onasi u kishiga qattiq tekkan paytlari ham bo‘lar edi. Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xuzurlariga kelib, onasining hidoyatga kelishini so‘rab duo qilishlarini so‘radilar. Duo tufayli onalari iymonga keldilar. Bizning ham birinchi ishimiz ularning haqlariga duolari ijobat bo‘ladigan insonlardan duo olish. Ikkinchisi inson tabiati o‘zidan past yoki teng bo‘lgan kishiga itoat qilmaydi. Shuning uchun ulamolar “gapi o‘tadigan darajada obro‘ talab qilish joiz” deganlar. Ota-onaga ham farzand o‘zi hikmat ila dinni etkazganidan keyin ular qabul qilmasalar, ular ergashadigan, gapini oladigan kishilar orqali etkazishga harakat qilish kerak. Ko‘p oilalarda xonadonga taqvoli, parxezkor, ilmiga amal qiladigan kelinlar kelganidan keyin oila o‘zgargani kuzatilgan. Uchinchisi ularning hidoyatlaridan noumid bo‘lmaslik kerak. Abu Bakr Siddiq birinchilardan bo‘lib iymonga kelgan insonlardan hisoblanadilar. Otalari Abu Quhofa esa Makka fath qilingan yili ya’ni hijratning sakkizinchi yilida iymon keltirgan. Qariyib o‘g‘lidan yigirma yil keyin.
U hadisda kelgan farzanddan murod dinni hikmat ila tushuntiruvchi farzandlar emas. Dinu diyonatdan uzoq bo‘lgan, ota-onaning haqlarini tanimagan, ehtiromini bilmaydigan va ularga qul va cho‘rilar kabi muomala qilib, “paxan” va “mamasha” deb murojaat qiladigan farzandlardir. Vallohu a’lam.
1 May 2022, 03:09 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar