Hajga borish uchun qarz bersam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Bir qarindoshim sog‘ligidagi muammolar tufayli ishga yaroqsiz bo‘lib qolgandi. Zakotimni unga berishni niyat qilib turgandim. Bilsam, navbati kelib qolgani uchun bu yil qarz olib hajga bormoqchi va buning uchun mendan qarz so‘ramoqchi bo‘lib turgan ekan. Bu holatda qarz bersam bo‘ladimi? Zakotnichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haj boyga farz qilingan. Kambag‘al yoki qarzdorga emas. Qarz olib hajga borilmaydi. Zakot oladigan darajada bo‘lsa berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 158 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar