Eronliklar kinosi

Assalomu alaykum! 18-noyabrda eronliklar ishlagan «Muhammad» degan film premera bo‘ladi. Uni ko‘rish bizga joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Saudiya muftiysi, ulamolar hay’ati raisi shayx Abdulaziz Ol Shayx ushbu filmni "Shariatga muxolif, Islomga qarshi" deb vasflagan. Uni tamosha qilishdan ogohlantirib, "Filmda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam istehzo qilinganlar, qadrlari tushirilgan, filmning maqsadi Islomni buzib ko‘rsatishdir" deb aytgan. Al-Azhar ulamolari esa film loyihasini rasman tanqid ostiga olib, suratga olish ishlarini to‘xtatishga chaqirganlar. Islom Olami Robitasi ham bu filmni qoralab chiqqan. Rais Abdulloh Turkiy jumladan : "Filmni namoyish qilishni to‘xtatish va man qilish zarur. Chunki bu film Alloh bizga buyurgan narsa, ya’ni Muhammad sallollohu alayhi vasallamni e’zozlashga ziddir" degan. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 03:20 | Savol-javoblar | 157 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar