G‘uslda avratni to‘sish

Assalomu alaykum! Hadis va Hayot kitobidan iqtibos: "Bahz ibn Hakiym otasidan, u esa bobosidan rivoyat qiladi: «Men: «Ey Allohning Rasuli, avratlarimizdan qaysi birini to‘saylik, qaysi birini qo‘yaylik?» dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Avratingni xotining va cho‘ringdan boshqadan muhofaza qil», dedilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, agar odam bir qavmning ichida bo‘lsa-chi?» dedim. U zot: «Agar uni biror kishi zinhor ko‘rmasligiga qodir bo‘lsang, zinhor ko‘rmasin», dedilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, birortamiz o‘zi xoli bo‘lganda-chi?» dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Odamlardan ko‘ra, Allohdan hayo qilinmog‘i haqliroqdir», dedilar». «Sunan» egalari rivoyat qilishgan. Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
 1. Avrat haqida savol berib, bilib olish yaxshiligi.
 2. Erkak kishi o‘z xotini va cho‘risidan avratini to‘smasa joizligi. 
3. Xotin va cho‘ridan boshqadan avratni to‘sish lozimligi. 
4. Odamlar ichida bo‘lganda ham zinhor avratni o‘zgaga ko‘rsatmaslikka harakat qilish zarurligi.
5. Xoli bo‘lgan odam avratini to‘sib, g‘usl qilishi afzalligi". Iqtibos tugadi. Savolim shuki, "Xoli bo‘lgan odam avratini to‘sib, g‘usl qilishi afzalligi", deyilganda avratini to‘sadigan ishton kiyib g‘usl qilish afzalligi nazarda tutilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ha. Bu erda afzallik haqida gap ketyapti. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 04:38 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar