Namozda "Basmala"
Assalomu alaykum! "Mo‘minning me’roji"(Lotin Alifbosida, Hilol Nashr-2014) kitobining 99-betidan iqtibos: "4. . . . Fotiha surasi o‘qiladi va "Valad dolliyn"dan keyin oxista "amiyn" aytilib, ta’avvuz va basmalasiz birorta sura o‘qiladi" Iqtibos tugadi. Shu joyda zam suradan oldin basmala o‘qilmasligi aytildi. Lekin men yoshligimdan “Fotiha” surasidan so‘ng omin aytib, yana basmala aytib zam sura boshlashga o‘rganib, shunga amal qilib kelganman. Men qilgan ishim noto‘g‘rimi? Yoki kitobdagi nashrda xato ketganmi? Bunda Shayx Hazratlarining yozganlari to‘g‘ri ekaniga zarracha shubham yo‘q, faqat lotin tilidagi nashrda ba’zi bir boshqa xatolarni uchratganimdan so‘ng bu ham nashriy hato emasmi deb o‘ylab qoldim. Umuman bularning qaysi biri to‘g‘ri, zam suradan oldin “Basmala” aytish yoki aytmaslik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Keyin «Bismillah»ni o‘qiydi. Fotiha bilan zam suraning orasida emas.
Ya’ni Fotihadan oldin «Bismillahir rohmanir rohiym»ni aytadi. Zam surani o‘qish uchun aytmaydi. Bu faqat birinchi rak’atda bo‘ladi, xolos.("Kifoya" kitobidan).
Abu Hanifa rohmatullohi alayhning shogirdlari bo‘lgan imom Muhammad rohmatullohi alayh : “Zam suradan oldin “Basmala”ni aytsa joiz” deganlar. Siz imom Muhammadning qavllariga amal qilayapsiz ekan. Vallohu a’lam.
1 May 2022, 06:06 | Savol-javoblar | 195 | Namoz