Namoz va poklik haqida

Assalomu alaykum! Dinimizda poklik masalalariga katta e’tibor qaratiladi. Xususan namozda kiyim va badanning pokligiga chukur axamiyat beriladi. Meni anchadan beri qiynayotgan va namozlarimni to‘liq va o‘z vaqtida o‘qishga to‘sqinlik qilayotgan bir masala bor. Tahoratdan so‘ng yoki namoz vaqtida siydik tomib qolishi ehtimoli bor kishilar uzrli hisoblanib ular har bir namoz uchun bir marta olgan tahorati kifoya bo‘lishligi haqida eshitganman. Lekin meni qiziqtirayotgan masala shuki, bunday uzrli kishilar kun davomida necha marotaba siydik tomib qolganini sezsalar har safar ichki kiyimini almashtirib olishlari kerak bo‘ladimi? Agar uyda yurgan kishi bo‘lsa mayli, buni amallasa bo‘ladi. Lekin har kuni ishda bo‘ladigan yoki safarda yuradigan insonlarchi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ich kiyimiga siydik tegishini to‘sib turadigan latta yoki salfetkalarni ayollar kabi qo‘yib oladi. Namoz vaqti bo‘lganida o‘sha qo‘ygan narsasini yangilab o‘qiyveradi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 06:29 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar