Allohning Payg‘ambarlarini va aziz Avliyolarni Vasila qilish
Assalomu alaykum! Alixon To‘ra Sog‘uniyning Tarixiy Muhammadiy kitoblarida (523 bet) “Payg‘ambarlar va Aziz avliyolarning qabriga borib ulardan madad so‘rash yoki ularni vasila qilish shariatda taqiqlanmagan” deb yozilgan ekan. Va bu savol avval ham berilgan ekan va bunga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohi alayh quyidagicha javob bergan ekanlar: "Duo qilishda boshqani vasiyla qilish. Ahli sunna val jamoa mazhabida bu ish joiz." Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilariga bir ko‘zi ojiz kishi kelib duo so‘ragani haqidagi hadis keltirilgan. (savol raqami: #7731 2011yilda javob berilgan). https://savollar.islom.uz/s/7731. Lekin Islom.uz portaliga tegishlik "Siyrat.uz" saytida "Arablar Dinlari" degan maqolada quyidagi ma’lumot berilgan ekan: https://siyrat.uz/maqola/153%F0%9F%91%88. Holbuki, ular o‘zlarini Ibrohim alayhissalom dinida deb bilishardi. But-sanamlarga sig‘inish va shirk ko‘rinishlarining ilk paydo bo‘lishi quyidagicha boshlangan edi: Odamlarda qachonki farishtalar, payg‘ambarlar va Allohning solih bandalari bo‘lmish avliyo va taqvodor zotlarni Allohga eng yaqin kishilar, ularning Alloh huzurida darajalari yuksak, martabalari oliy, degan ishonch paydo bo‘lgach va ulardan ba’zi mo‘’jiza va karomatlar zohir bo‘lganini ko‘rishgach, Alloh O‘ziga xos ishlardan ba’zilarining tasarrufini ularga bo‘ysundirib bergan, ular mana shu tasarruflari va Allohning oldidagi obro‘-e’tiborlari tufayli Alloh subhanahu va taolo bilan oddiy bandalar o‘rtasida shafoatchi bo‘lishga munosiblar, hech bir kimsa Allohga bo‘lgan hojatini bevosita ularsiz arz qilmasligi lozim, chunki ular bandalarning Allohga vositachilaridir, Alloh ularning vositasida qilingan duolarni aslo rad etmaydi, shuningdek, Allohga bo‘lgan ibodat ham ular vositasida ado etilishi lozim, ular yuqori martaba egasi bo‘lganlari bois bandalarni Allohga yaqinlashtira oladilar, degan fikr o‘rnashdi. Mana shu e’tiqodlaridan kelib chiqib ularni o‘zlari bilan Alloh o‘rtasida vositachi qildilar va qo‘llaridan kelgancha ularga yaqinlik hosil qilishga harakat qildilar. Ko‘plarining haqiqiy yoki xayoliy surat va haykallarini yasab, ibodatlarida ro‘paralariga qo‘yib oladigan bo‘ldilar. Mana shu surat va haykallar sanamlar deb nomlanardi. Ba’zan esa ularning haykal va suratlarini yasamasdilar, balki qabr va mozorlarini, ayrim qarorgoh va tushib o‘tgan, dam olishgan joylarini muqaddas sanab, u erlarga qurbonlik va nazrlar keltirishar, har xil ko‘rinishdagi ibodatlar bilan sig‘inishardi. Muqaddas sanaluvchi shunday o‘rinlar vasanlar deb atalardi. But-sanamlar ibodatida bir qancha marosim va udumlar mavjud bo‘lib, ularning aksariyatini Amr ibn Luhay o‘ylab chiqargan edi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni, biror kimsani yoki avliyolarni Allohdan duo so‘rayotganimda vasila qilsam bo‘ladimi? Vasila qilishni shartlari qanday, yana boshqa turlari ham bormi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh yo‘lida bu qilayotgan ishlaringizga Allohning o‘zi barokat bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Madad so‘rash boshqa, mutlaqo joiz emas. Vasila qilish boshqa masala. Bu jumla kitobga noto‘g‘ri tushib qolibdi. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/661
1 May 2022, 07:11 | Savol-javoblar | 183 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Madad so‘rash boshqa, mutlaqo joiz emas. Vasila qilish boshqa masala. Bu jumla kitobga noto‘g‘ri tushib qolibdi. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/661
1 May 2022, 07:11 | Savol-javoblar | 183 | Aqiyda