Sajda oyati o‘qilgandan so‘ng sajda qilish
Assalomu alaykum Shayx hazratlari. Sajda oyati o‘qilganda sajda qilish vojib deb eshitdim, lekin ko‘pchilik ichida sajda oyati o‘qilganda tilovatdan keyin sajda oyati o‘qilganini aytib o‘tish kerakmi, chunki ko‘pchilik sajda oyati o‘qilganini hatto bilmaydilar ham, agar aytilmasa vojib amali bajarilmagan bo‘lib eshitgan inson gunohkor bo‘lib qolmaydimi? Tilovat qilgan inson eshituvchini ogohlantirishi kerakmi yoki yo‘qmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Assalamu alaykum! Hazrat, agarda sajda oyatini farz ibodatida, masalan Alaq surasini Shom yoki Xuftonning farzida qiroat qilinsa, u holda Hanafiy mazhabida qay holatda sajda oyatini bajargan afzal?Bilamizki ko‘p masjidlarimizda qiroat qilinadigan farz namozlarida sajda oyati mavjud bo‘lgan suralarini umuman qiroat qilishmaydi yoki o‘qisa sajda oyatiga kelganda qoldirib rukuga ketib qolinadi. Bunga qanday izoh berasiz?Savolni qisqasi, Farz ibodatida sajda oyatini qay holatda bajargan afzal?Tashakkur!- Namozdami yoki namozdan tashqaridami tilovat qilib kelib sajda oyatining o‘zini qoldirib undan keyingi oyatga o‘tib ketish makruhdir. Bunda sajdadan, Alloh taoloning toatidan yuz o‘girish sodir bo‘lgan bo‘ladi.Aksi makruh emas. Sajda oyatini yolg‘iz o‘zini tilovat qilish makruh emas. Bunda sajdaga qiziqish bor.Unga boshqasini qo‘shish mandubdir. Bir oyatni boshqa oyatdan afzal ko‘rishga o‘xshab qolmasligi uchun sajda oyatiga bir ikki oyatni qo‘shib tilovat qilgan yaxshi bo‘ladi.Sajda oyatini qiroat qilib turib oxiridagi sajda ma’nosidagi so‘zni tilovat qilmasa, sajda qilmaydi. Agar sajda ma’nosidagi so‘zni o‘zini tilovat qilsa ham sajda qilmaydi. Uni tinglovchidan maxfiy qilish yaxshidir. Chunki u tilovat sajdasiga tayyor bo‘lmasa qiylanib qoladi. Misol uchun, tahorati bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun imomlar farz namozlarda sajda oyatlarini tilovat qilishdan ehtiyot bo‘ladilar. Chunki namozda ishtirok etmayotgan odamlar eshitsa va tilovat sajdasini qilishga tahorati bo‘lmasa, qiynalib qoladilar.Qiroati maxfiy bo‘lgan namozda imom sajda oyatini tilovat qilishi makruh. Bunda muqtadiylarga shubha tushadi. Nima uchun sajda qilganlarini bilmay qoladilar. Juma va iyd namozlarida sajda oyatini tilovat qilish ham makruh.
21 Aprel 2022, 06:44 | Savol-javoblar | 387 | Qur’oni karim