Shunday ibodat bormi?

Assalomu alaykum! men odnoklassniki saytidagi guruhlarning birida quyidagi hadisni o‘qidim: Xazrat saidi olam dermishki... —Kimki ota onasini xakkini ado kilish uchun . —Payshanba kuni shom va xufton nomozi orasida 2-rakat namoz ukisin. niyat kildim 2-rakat Validun namozini ukimoklikni. xar bir rakat orasida .rakatda 1 marta fotixa. 5 marta oyatul kursiy 5 marta ixlos 5 marta falak va nos namoz ukigandan sung. 15 marta istigfor 15 marta salovati sharif ni ukib . —bu namozning savobini ota onamga bagishladim .deyiladi... ul kimsa kiyomatda ota onalari rozi bulganlardan bulur. Ota Ona derlarki Dunyoda sendan rozi emasdik . bu kundan rozi buldik bu namozdan der ekanlar. bu namoz istiga boridan sung ota ona va dustlariga xam bagishlash lozimdir..... ollox rozi bulsin .... shunday namoz bormi, bu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda bunday namoz yo‘q. Lekin chegaralamasdan va qaydlamasdan namoz o‘qib, savobini ota-onalarga bag‘ishlash yaxshi amal. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar