Yo‘l kirani ortiqcha aytishim

Assalomu alaykum! Alloh sizlardan va bu qilayotgan yaxshi amallaringizdan rozi bo‘lsin. Men Chexiya davlatida taksistlik qilaman. Bu erda turistlar ko‘p ular taksometr bilan emas, manzilarigacha qancha bo‘lishini oldindan bilishni istaydilar. Men ularga taxsometr bilan 200 kronlik yo‘lni 300 kron deyman. Tabiyki ular tortishadilar, oxiri 200 yoki 250 kronga olib ketaman. Ba’zilari indamay 300 kronga rozi bo‘ladilar. Savolim shu 200 krondan ortigi manga halolmi? Moshina taksoparkniki emas o‘zimniki?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Topganingizni harom deb bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 53 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar