Bemorlikdan nafl ro‘zalarni tutolmaslik

Assalomu alaykum! Ibodatlarni Alloh kodir qilganicha yoshligimdan beri bajarib kelaman. Bir necha yillar davomida o‘zimga nafl ro‘zalarni vazifa qilib olganidim. Lekin yoshim katta bo‘lgan sayin ko‘p kasal bo‘lyapman. Ramazon ro‘zasini Allohga shukr kasal bo‘lmay tutdim. Lekin chiqishi bilan og‘rib, doktor yana dorilar yozib berdi. Shuncha yildan beri bajarayotgan nafllarimi tark etgim yo‘q. Shunga juda xafaman. Maslaxat bering. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qodir bo‘lganingizcha qiling. Agar haqiqatan sizni u ibodatlardan kasallik to‘sib qo‘ysa xursand bo‘ling. Ayni siz kabi kishilar haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi hadisni rivoyat qilganlar. SAFARDA HAZARDAGI ODAT BO‘LGAN SAVOBLI AMALLARNING SAVOBI YoZILIB TURADI Kimki o‘ziga bir kecha-kunduzda qilinadigan yaxshi amallarni bardavom odat qilib olsa, safarda o‘sha amallarni ado etishning imkoniyati bo‘lmagani uchun qila olmasa, o‘sha hazardagi (muqimlikdagi) yaxshi amallarining savobi yozilib turaveradi. عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو قَالَ قَالَ النَّبِىُّ  صلي الله عليه وسلم: إِنَّ الْعَبْدَ إِذَا كَانَ عَلَى طَرِيقَةٍ حَسَنَةٍ مِنَ الْعِبَادَةِ، ثُمَّ مَرِضَ قِيلَ لِلْمَلَكِ الْمُوَكَّلِ اكْتُبْ لَهُ مِثْلَ عَمَلِهِ إِذَا كَانَ طَلِقًا حَتَّى أُطْلِقَهُ أَوْ أُكْفِتَهُ إِلَىَّ. وَ كَذَا وَرَدَ فِى الْمُسَافِرِ وَ الشَّيْخِ الْكَبِيْرِ مرقاة Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, bir banda ibodat bo‘lgan amallardan birini o‘ziga odat qilib olib, so‘ng kasal bo‘lib qolsa, unga vakil qilingan farishtaga “Bandamni kasalligidan forig‘ qilgunimcha yoki vafot toptirgunimcha sog‘lik vaqtida qilgan amallarining savobini yozib turgin” deyiladi”, dedilar”. Bunday hadis musofirlar va keksalar haqida xam aytilgan (Mirqot). Vallohu a’lam!

1 May 2022, 09:51 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar