Zakot bersam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men 20 yoshdaman otam va onam hech zakot nisobiga etkanida zakotni berishganini ham berishmaganini ham bilmayman. To‘g‘rirog‘i berishmagan. Ko‘pchilikdan oz-oz bo‘lsa ham qarzlarimiz bor, ko‘pi kimdan olingani esdan chiqib ketgan. Tug‘ushgan opam eri va ikki nafar farzandlari bilan biznikida turishadi. Ro‘zg‘orimiz bitta lekin puldan juda qiynalishadi pochchamni oshqozoni anchadan buyon kasal, lekin davolatishga pullari yo‘q. Hozir bizda zakot nisobiga etadigan mablag‘ yo‘q lekin shunday bo‘lsa ham oldingi berilamgan zakot miqdorni hisoblab opamga bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zingizni shaxsiy mulkingiz nisobga etgan bo‘lib, bermagan bo‘lsangiz berishingiz mumkin. Ota-onangizni mulkidan siz chiqarishingiz bilan zakot ado bo‘lmaydi. Ularning o‘zlari niyat qilib chiqarsinlar yoki sizni vakil qilsinlar. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 09:51 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar