Bu ichimliklarni sotish joizmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli uztozlar, savolim ichimliklar to‘g‘risida edi. Men do‘konda turaman va do‘konda turli xil ichimliklar ichida kvas yoki energetik ichimliklar ham bor. Bir odam bu ichimliklar haromligini aytdi. Men esa bezalkogol ekanligini aytdim. U esa achitqimi tamom dedi. Men nima qilmog‘im kerak u ichimliklar harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U kishi ilmsizlarcha gap aytibdi. Bir narsani haromligi uchun Qur’on yoki hadisdan biror hujjat bo‘lishi kerak. Siz keltirgan narsalarning haromligiga ochiq-oydin dalil yo‘q. Achitqiga kelsak o‘sha kishining har kuni eydigan nonining hamrturishida ham achitqi bor. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 11:34 | Savol-javoblar | 167 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar