Nogironlar haqida
Assalomu alaykum! Bilamizki hamma dunyoda o‘z bo‘lsa xam nogiron va zaif insonlar bor! Mani savollarim shunga taluqli. Eshtamizki ayrimlar Alloh talo suygan bandalariga dard berar ekan. Shundaymi?
2). Misol uchun nogiron odam va bir sog‘lom insonning joni uzilmasdan avval savob va gunoh amallari teng edi va o‘sha ikki inson bir vaqtda joni uzildi. Haligi ikkalasinig narigi dunyodagi martabasi bir xil bo‘ladimi yoki nogiron insoniki ulug‘roqmi?
3). Namoz nogiron insonlarga ham farzmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odamlar to‘rt xil bo‘ladi. 1-Allohga itoat qiluvchi va dunyoda baxtu saodatga erishgan. 2- Allohga itoat qiluvchi va dunyoda baxtsiz. 3-Allohga osiy dunyoda baxtli. 4-Allohga osiy dunyoda baxtsiz. Kishi o‘zi haqida o‘ylab ko‘rishi kerak. Agar birinchilardan bo‘lsa baxtli bo‘lishi tabiiy. Alloh O‘ziga itoat qiluvchilarni aslo xoru-zor qilib qo‘ymaydi. Chunki Alloh taolo “Nahl” surasida: مَنْ عَمِلَ صَالِحًا مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَى وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَنُحْيِيَنَّهُ حَيَاةً طَيِّبَةً وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ 97. Erkakmi, ayolmi, kim mo‘min bo‘lgan holida solih amal qilsa, uni pok, go‘zal hayot kechirtiramiz va albatta, ularni qilib yurgan amallarining eng go‘zali barobarida ajr ila mukofotlarmiz” deb marhamat qilgan. Islomda inson jinsiga qarab mukofotlanmaydi. Nasabiga, mansabi yoki terisining rangiga qarab ham mukofotlanmaydi. Balki mukofotlashning birdan-bir o‘lchovi iymon va yaxshi amaldir. «Erkakmi, ayolmi, kim mo‘min bo‘lgan holida solih amal qilsa...» Bir xil ishni erkak kishi qilsa, alohida mukofot, xuddi o‘sha ishni ayol kishi qilsa, unga erkakning mukofotidan ozroq mukofot berish Islomda yo‘q. Allohning huzurida bandalarning hammasi barobardir. Mo‘min odam yaxshi amalni, Islomni yaxshi tushunmaydigan ba’zi kishilar o‘ylaganlaridek, faqat oxirat uchun qilmaydi. Balki iymonli kishining yaxshi amali o‘z foydasini dastlab bu dunyoda ko‘rsatadi. «...uni pok, go‘zal hayot kechirtiramiz...» Zotan, iymon taqozosi ila qilinadigan yaxshi amallarning barchasi bu dunyoda yaxshi hayot kechirishni ta’minlovchi vositadir. Albatta, mo‘min kishining yaxshi amalining haqiqiy mukofoti oxiratda bo‘ladi. Oxiratda «...va albatta, ularni qilib yurgan amallarining eng go‘zali barobarida ajr ila mukofotlarmiz». Imom Ahmad ibn Hanbal Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh mo‘minga zulm qilmaydi. Unga har bir yaxshi ishi uchun bu dunyoda bir narsa ato etiladi. Oxiratda esa savob beriladi. Kofir ham yaxshiliklariga yarasha taomlanadi. Oxiratga borganda esa yaxshilikka savob bo‘ladigan narsasi qolmaydi», – deganlar. Agar kishi 4-hil holatda bo‘lsa baxtsiz bo‘lishi ham tabiiy. Chunki Alloh taolo “Toha” surasida: وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكًا وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَى 124. Kim Mening zikrimdan yuz o‘girsa, albatta, unga tor hayot bo‘lur va qiyomat kuni uni ko‘r holida tiriltirurmiz», – dedi” deb marhamat qilgan. Qaysi bir inson Allohni unutsa, Uni eslamasa, Uning hidoyatiga ergashmasa, o‘ziga o‘zi qiladi. Avvalo, unday odam bu dunyoda tanglik-torlikda hayot kechiradi. Iymonsizligi tufayli, o‘zi to‘ysa ham, ko‘zi to‘ymas bo‘lib qoladi. Molu dunyo, ayshu ishrat ichida ko‘milib yotsa ham, unga oz ko‘rinadi. Ulardan ajrab qolishidan qo‘rqaveradi. Iymonsizligi tufayli ketma-ket muammolar kelib chiqaveradi. «...va qiyomat kuni uni ko‘r holida tiriltirurmiz». Bu ham dunyo hayotida qilgan qilmishiga munosib jazodir. Lekin uning o‘zi nima uchun ko‘r holda tiriltirilganligini tushuna olmaydi. قَالَ رَبِّ لِمَ حَشَرْتَنِي أَعْمَى وَقَدْ كُنتُ بَصِيرًا 125. U: «Robbim, nima uchun meni ko‘r holda tiriltirding? Axir ko‘ruvchi edim-ku?!» – dedi. قَالَ كَذَلِكَ أَتَتْكَ آيَاتُنَا فَنَسِيتَهَا وَكَذَلِكَ الْيَوْمَ تُنسَى 126. U Zot: «Shunday. Senga oyatlarimiz keldi. Sen esa ularni unutding. Shuningdek, sen ham bugun unutilursan», – dedi. Ey bandai kofir. Ishlar shunday. Senga u dunyoda, ko‘zing ochiq paytda iymonga dalolat qiluvchi oyatlarimiz keldi. Ammo sen ularni ko‘rib, ko‘rmaslikka olding. Sen ularni unutding. Iymonga kelmay, kofirlikda o‘tding. Mana endi, bugun qiyomat kunida oyatlarimizni ko‘rib, ko‘rmaslikka olganing jazosiga ko‘r etib tiriltirilding. U dunyoda Bizning oyatlarimizni unutganing uchun, bugun sen ham unutilasan. وَكَذَلِكَ نَجْزِي مَنْ أَسْرَفَ وَلَمْ يُؤْمِن بِآيَاتِ رَبِّهِ وَلَعَذَابُ الْآخِرَةِ أَشَدُّ وَأَبْقَى 127. Haddidan oshgan va Robbining oyatlariga iymon keltirmaganlarni ana shunday jazolaymiz. Oxirat azobi, albatta, ashaddiy va boqiydir. Agar kishi 2-holatda bo‘lsa bu ikki ehtimoldan holi emas. Birinchisi Alloh uni juda yaxshi ko‘radi va uni sabrini imtihon qilayotgan bo‘ladi. Uning maqomini baland qilmoqchi bo‘layotgan bo‘ladi. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِّنَ الْخَوفْ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِّنَ الأَمَوَالِ وَالأنفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُم مُّصِيبَةٌ قَالُواْ إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعونَ 155. Albatta, sizlarni bir oz xavf va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson etkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga xushxabar ber. 156. Ular o‘zlariga musibat etganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», – deganlardir. Katta mas’uliyat qiyinchiliklarini ko‘tara olish uchun turli sinovlardan o‘tish kerak. Inson qiyinchiliklarda, sinovlarda toblanadi. Ushbu oyatda o‘sha sinovlardan ba’zilari sanalgandir. «Albatta, sizlarni bir oz xavf va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson etkazish bilan sinaymiz». «Xavf» deganda dushmandan bo‘ladigan xavf-xatar tuyg‘usi tushuniladi. Qahatchilik yoki boshqa sabablardan kelib chiqadigan ocharchilik ham Alloh taoloning bir navi sinovidir. Shuningdek, «Mol-mulkka o‘g‘ri urishi, ofat etishi yoki zolimlarning tajovuzi tufayli nuqson etkazib; jonga turli xastaliklar bilan, yaqin kishilarning, yor-birodar va sheriklarning o‘limi, kasalligi bilan nuqson etkazib; mevalarga ofat etkazish, barakasini ketkazish bilan nuqson etkazish ila sinab ko‘ramiz», – deydi Alloh taolo. Boshga shunday sinov kelgan, musibat etgan banda nima qilsa yaxshi bo‘ladi? Bu haqda Alloh taolo Payg‘ambari Muhammad alayhissalomga xitob qilib, ko‘rsatma bermoqda: «Va sabrlilarga xushxabar ber. Ular o‘zlariga musibat etganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», – deganlardir». Demak, musulmon kishi musibat etganda sabrli bo‘lishi va Janobi Haqning O‘zi o‘rgatgan duoni qilishi kerak. Bu duo Qur’on tilida: «Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’uun», deb talaffuz etiladi. Buni aytish qisqacha «istirjo’» deyiladi. E’tibor qilinsa, istirjo’da ulkan ma’no yotibdi. «Albatta, biz Allohnikimiz…» ya’ni «Barchamiz, bor-budimiz Allohniki, haqiqiy ega Uning O‘zi. Nimani qachon qanday tasarruf qilishni O‘zi biladi». «…va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», ya’ni «Ertami-kechmi, baribir, Unga qaytishimiz bor. Bizga etib turgan musibat ham Uning O‘zidan. Biz sabr qilishimiz lozim va shunday qilamiz ham». Shu bois, istirjo’ga ko‘p-ko‘p savoblar va’da qilingan. Imom Ahmad ibn Hanbal qilgan rivoyatda Ummu Salama onamiz deydilarki: «Bir kuni Abu Salama Nabiy alayhissalomning huzurlaridan keldi-da: «Nabiy alayhissalomdan bir gap eshitib, juda xursand bo‘ldim, u kishi: «Musulmonlardan biriga musibat etganda istirjo’ aytsa va so‘ngra «Allohumma ajirni fiy musibati vaxluf li xoyromminha (Allohim, menga musibatimda ajr bergin va uning o‘rniga yaxshirog‘ini bergin)» desa, aytgani bo‘ladi», – dedilar», – deb aytdi. Men bularni yodlab oldim. Abu Salama vafot etganida, istirjo’ aytdim va haligi duoni o‘qidim. So‘ngra o‘zimcha «Menga Abu Salamadan yaxshiroq er qayda», – dedim. Iddam chiqqanidan so‘ng Rasululloh kelib, kirishga izn so‘radilar. Teri oshlab o‘tirgan edim, qo‘limni yuvib, kirishlariga izn berdim. U kishiga ichiga xurmoning yumshoq qobig‘i to‘latilgan teri yostiq berdim. O‘tirganlaridan so‘ng menga uylanmoqchi ekanlarini aytdilar. U kishi gaplarini tugatgach, men: «Ey Allohning Rasuli, sizga rag‘bat qilmasligim mumkin emas, lekin men juda rashkchi ayolman, sizga yoqmaydigan narsa mendan sodir bo‘lib, Allohning azobiga duchor bo‘lmay, deb qo‘rqaman. So‘ngra yoshim katta bo‘lib qoldi, buning ustiga, bolalarim bor», – dedim. Rasululloh alayhissalom: «Sen aytgan rashkni Alloh tezda ketkazadi. Yosh to‘g‘risida gapirsang, mening ham yoshim bir erga borib qoldi. Bolalaring bo‘lsa, ular mening ham bolalarim», – dedilar... Alloh menga Abu Salamaning o‘rniga undan yaxshi zotni – Rasulullohni berdi». Ikkinchi ehtimol. Kishining toatida halallik bor bo‘lishi, gunohlar qilib uni tavbasidan g‘aflatda bo‘lishi yoki tavbasini kechiktirayotgan bo‘lishi mumkin. Alloh bandasi O‘ziga qaytishi uchun gohida toatli bo‘lsa ham sinovlarni berib qo‘yadi. Alloh taolo “Sajda” surasida quyidagicha marhaat qiladi: وَلَنُذِيقَنَّهُمْ مِنَ الْعَذَابِ الْأَدْنَى دُونَ الْعَذَابِ الْأَكْبَرِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ 21. Albatta, ularga buyuk azobdan oldin yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki, qaytsalar. Ya’ni «O‘sha fosiqlarga oxiratning buyuk azobidan oldin bu dunyodagi yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki, ular bundan saboq olib, fisqu fujurdan, yomonliklardan qaytsalar». Agar kishi 3-holatda bo‘lsa, bundan qattiq qo‘rqishi kerak. Chunki kishi Allohning farzlarini tark qiluvchi bo‘laturib unga ne’matlarni berilib turilishi istidroj bo‘ladi. Bu esa insonning oqibati o‘ta darajada daxshatli ekanligining alomatidir. Allohning azobi bir kun albatta keladi. Undan oldin tavba qilib qolishi kerak. Alloh taolo “An’om” surasida marhamat qiladi: فَلَمَّا نَسُواْ مَا ذُكِّرُواْ بِهِ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَابَ كُلِّ شَيْءٍ حَتَّى إِذَا فَرِحُواْ بِمَا أُوتُواْ أَخَذْنَاهُم بَغْتَةً فَإِذَا هُم مُّبْلِسُونَ 44. Eslatilgan narsalarni unutgan chog‘larida ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo‘ydik. O‘zlariga berilgan narsalardan xursand bo‘lib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid bo‘ldilar. Bunday muomalaga «istidroj» – bildirmasdan, darajama-daraja olish deyiladi. Alloh ogohlantirish maqsadida avval balo-ofatga duchor qilgan edi, tazarru qilmadi, kufrda davom etdi. Balo-ofat ta’sir qilmaydigan qalb tosh qotgan, yaxshilik umid qilib bo‘lmaydigan qalbdir. Undan endi iymon ham, biror-bir yaxshilik ham kutib bo‘lmaydi. Alloh O‘zi hikoya qilayotgan avvalgi ummatlardan shunday qattiq qalblilarini bir muddat tek qo‘yib qo‘ygan. Ular boshidan o‘tgan musibatlarni va: «Eslatilgan narsalarni unutgan chog‘larida ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo‘ydik», – deydi. Ya’ni ular istaganlaridan ham ortiq nozu ne’matlarga ko‘mib tashlanganlar. Bu dunyoning matohlari ularga seldek oqib kelgan. Albatta, ular bu narsalarga cheksiz xursand bo‘lganlar. Ammo iymonsiz, tazarrusiz kelgan nozu ne’mat yaxshilikka olib bormasligi turgan gap. Aslida iymonli, tazarruli va taqvolilarga nozu ne’matlar, farovon turmush berilishi lozim. Alloh taoloning va’dasi shu. Ammo bu narsalar kofir-mushriklarga berilsa, xususan, hamma narsaning eshigi ochib qo‘yilsa, orqasida boshqa gapi bo‘ladi. Nozu ne’matga ko‘milgan kofirlar g‘ururga ketib, yana ham ko‘proq isyonga, gunohkorlikka o‘zlarini uradilar. Ammo haqiqiy hikmat keyin paydo bo‘ladi: «O‘zlariga berilgan narsalardan xursand bo‘lib turganlarida, ularni birdaniga tutdik». Bunday bo‘lishini xayollariga ham keltirmagan edilar. Ularni birdaniga Allohning azobi tutdi. «Bas, qarabsizki, butunlay noumid bo‘ldilar». Endi tavba-tazarru qilishga imkon qolmadi. فَقُطِعَ دَابِرُ الْقَوْمِ الَّذِينَ ظَلَمُواْ وَالْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ 45. Bas, zulm qilgan qavmlarning keti kesildi. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo‘lsin. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 22:29 | Savol-javoblar | 203 | Dolzarb savollar