Huquqni suiste’mol qilish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, ota o‘z o‘g‘liga xozir sening asosiy burching dunyoviy ilm olish, diniy ilmni mening yoshimga etganingda ham o‘rganaverasan desa, o‘g‘il hikmatli jumlalarni keltirsa ham ota uni tan olmasa, o‘g‘il nima qilishi lozim? 2) Sayyidul iztihforni va boshqa duolarni o‘zbek tilida aytsa ham bo‘ladimi? Javoblar uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Farzi ayn darajasidagi ilmni o‘rganish farzi ayn. Undan qaytarishga hech kimning haqqi yo‘q. insonlarga ham xayronsan yoshlikda namoz o‘qi desa hali yoshman, keksayganimda o‘qiyman deydi. Keksayganda esa kallamga hech narsa kirmayapti, namoz o‘qiy desam ishtonimga siyib qo‘yyapman, nopok holda o‘qishga ko‘nglim bo‘lmayapti deydi. Shayton insonni shu kabi fikrlar bilan aldab itdek o‘lim topib do‘zaxga tushishini xohlaydi. Qiyomat kuni shaytonga sen bizni ayldading desa “Ibrohim” surasidagi gapini aytadi: وَقَالَ الشَّيْطَانُ لَمَّا قُضِيَ الأَمْرُ إِنَّ اللّهَ وَعَدَكُمْ وَعْدَ الْحَقِّ وَوَعَدتُّكُمْ فَأَخْلَفْتُكُمْ وَمَا كَانَ لِيَ عَلَيْكُم مِّن سُلْطَانٍ إِلاَّ أَن دَعَوْتُكُمْ فَاسْتَجَبْتُمْ لِي فَلاَ تَلُومُونِي وَلُومُواْ أَنفُسَكُم مَّا أَنَاْ بِمُصْرِخِكُمْ وَمَا أَنتُمْ بِمُصْرِخِيَّ إِنِّي كَفَرْتُ بِمَآ أَشْرَكْتُمُونِ مِن قَبْلُ إِنَّ الظَّالِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ 22. Ish bitib bo‘lganda shayton: «Albatta, Alloh sizga haq va’dani qilgan edi. Men esa sizga va’da berdim-u, va’damga xilof qildim. Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yo‘q edi. Faqat da’vat qilsam, o‘zingiz menga ijobat qildingiz. Bas, meni malomat qilmang, o‘zingizni malomat qiling. Men sizlarni qutqaruvchi emasman, sizlar ham meni qutqaruvchi emassizlar. Endi men, albatta, ilgari meni sherik qilganingizni inkor qilaman. Albatta, zolimlarga, ha, ularga alamli azob bor», – dedi.
Bu dunyoda har bir gunoh ishning boshida turgan, har yomon qilmishga bosh-qosh bo‘lgan la’nati shayton u dunyoda hamma ish bitib, hukm chiqqandan so‘ng paydo bo‘ladi. Bir-birini malomat qilib turgan, o‘zlariga ergashgan kuchliyu zaif izdoshlariga qarab, so‘z boshlaydi:
«Albatta, Alloh sizga haq va’dani qilgan edi. Men esa sizga va’da berdim-u, va’damga xilof qildim».
Shayton shaytonligiga boradi. Ish tugab bo‘lganidan keyin, ochig‘ini aytadi. U dunyoda kishilarning qalbiga vasvasa solgan edi. «Hech narsa bo‘lmaydi, har kimning aytganiga yurib, o‘zingni qiynama, bu besh kunlik dunyoda o‘ynab qolmasang, shuyam hayotmi» kabi avrashlar bilan ularni adashtirgan edi. Ularga turli va’dalarni bergan edi. Endi bo‘lsa «Allohning va’dasi haq, meniki nohaq edi», deb turibdi. Buning ustiga, hamma ishni qilib qo‘yib, yana butun aybni o‘ziga ergashgan, gapiga kirganlarga ag‘daryapti:
«Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yo‘q edi. Faqat da’vat qilsam, o‘zingiz menga ijobat qildingiz».
O‘ylab ko‘rmaysizmi? Chaqirsa, ketaverasizmi? Men mutlaqo sizlarning ustingizda hokim emas edim. Sizni kufrga, isyonga chaqirgan vaqtimda mening gapimga kirmasangiz, sizga qarshi hech narsa qila olmas edim. Illo, o‘zingiz xohlab, mening gapimga kirdingiz, aytganimni qildingiz. Shuning uchun
«Bas, meni malomat qilmang, o‘zingizni malomat qiling».
Ayb o‘zingizda. Bu noqulay holga tushib qolganingiz uchun faqat o‘zingizni ayblang. Menga osilib yurmang.
«Men sizlarni qutqaruvchi emasman, sizlar ham meni qutqaruvchi emassizlar».
Har kim qilganiga yarasha tortaveradi. Ammo:
«Endi men, albatta, ilgari meni sherik qilganingizni inkor qilaman».
Sizlarga «Meni Allohga sherik qilib olinglar, uning aytganini emas, mening aytganimni qilinglar», deganim yo‘q. Bu gapni aytsangiz, men inkor etaman. Sizlar meni Allohga sherik qilib olib, katta zulm qilgansizlar.
«Albatta, zolimlarga, ha, ularga alamli azob bor», – dedi».
Ana shu paytda iymonlilar haqida ham Allohning hukmi chiqib qoladi: وَأُدْخِلَ الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِمْ تَحِيَّتُهُمْ فِيهَا سَلاَمٌ 23. Va iymon keltirib, solih amallarni qilganlar Robblarining izni ila ostlaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga ularda mangu qoluvchi bo‘lgan hollarida kiritildilar. Ularning undagi so‘rashishlari «Salom»dir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 190 | Dolzarb savollar