Quronni manosini bilmay o‘qish

Assalomu alaykum! Men o‘qib Qur’onni xatm qilaman. Qur’on oyatlarini ba’zilarini ma’nosini bilaman ba’zilarini esa bilmayman. Lekin baribir o‘qiyveraman. Qur’on oyatlarini ma’nosini bilmay ham o‘qisa bo‘laveradimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Bo‘ladi. Chunki yodlashga kirishayotganlar ham ko‘pincha yosh bolalar bo‘lib, ularga oyat ma’nolarini anglatish ancha mushkul. Biroq Qur’on tajvidini mukammal o‘rgatmoq lozim. Chunki tajvidsiz Qur’on o‘qish gunoh. Bundan tashqari, arabcha talaffuzga yoshlikda tilni yaxshi o‘rgatib olish kerak. Yosh ulg‘aygach, har qancha urinsa ham harflarni maxrajidan chiqarish qiyin bo‘ladi. Qur’on yodlatuvchi ustoz talabalarga ilm o‘rganish farz amali ekanini, Qur’on ma’nolarini bilib, hayotda unga amal qilish zarurligini tinimsiz uqtirib bormog‘i lozim.Ustozimiz rahimahullohning "Hadis va Hayot" kitoblaridan “Qur’on fazilati” 30-juzini o‘qisangiz juda ko‘p ma’lumot olasiz. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 22:28 | Savol-javoblar | 162 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar