Aqiqa va qurbonlik

Assalomu alaykum! Ustozlar, qurbonlikka so‘yilayotgan jonliqni aqiqagayam niyat qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bitta qo‘yni ham qurbonlik ham aqiyqadan deb niyat qilish joiz emas. Agar kishi qo‘ydan boshqa qoramol yoki tuyani o‘zi nomidan so‘ysa, qurbonlik va aqiyqaga deb niyat qilsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar