Diniy kitoblar

Assalomu alaykum!  Hurmatli ustozlar, men Shayx hazratlari rahimahullohning kitoblarini muntazam o‘qib yuraman. Xizmat safari bilan chet elga boradigan bo‘lib, Hadis va xayot, Oltin silsila kabi kitoblaridan o‘zim bilan olsam bojxonada muaommo bo‘lmasikin? Kitoblarda diniy kutubxonalarni pechati yopishtirilgan, Ziyo kutubxonalaridan xarid qilingan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Diniy Ishlar Bo‘yicha qo‘mitaning ruxsati bilan chiqqan(gologrammali) bo‘lsa qonunan joiz. Hech kim unga e’tiroz bildirmaydi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 16:20 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar