Savdo qilish uchun yolg‘on

Assalomu alaykum! Men dehqonchilik qilaman, shunga qo‘shimcha bu yil ozroq baliqchilik bilan shug‘ullandim. Bu sohada bilimim yo‘q, sotish uchun haridorim yo‘qligi sababli bir tanishim (baliqchilik bilan shug‘illanadigan) menga sheriklik qildi. Men 100% sarfini qildim, u menga nima qilishni o‘rgatib turdi. Sotish paytida haridorni u topadi va sotadi. Bitta baliq uchun u 10 so‘m haq oladi. Men ham u ham rozi, shunga.... Lekin u sotay turib haridorlarga bu baliq meniki deb aytadi. Men shuni meniki deb emas shundan men haqdorman deb ayting desam u unda sotolmayman deb unday demaydi. Shu to‘g‘rimi? U baliq uniki emas menikiyu, aldaganiga harom aralashib qolmayaptimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishi yolg‘onku. Foydani deb rozi bo‘lib turavermang. Balig‘ingizni sotib bergani uchun haq olishi mumkin. Molini sotish uchun yolg‘on gapiradiganlar haqida: IZORNI OSILTIRIB YuRISh, BERGANINI MINNAT
QILISh, MOLNI QASAM BILAN XARIDORGIR QILIShNING
QATTIQ HAROMLIGI BAYoNI HAMDA QIYoMAT KUNI ALLOH
GAPIRMAYDIGAN, NAZAR SOLMAYDIGAN, POKLAMAYDIGAN,
ALAMLI AZOB BERILADIGAN UCh TOIFANING BAYoNI 
عَنْ أَبِي ذَرّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «ثَلَاثَةٌ لَا يُكَلِّمُهُمُ اللهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، وَلَا يَنْظُرُ إِلَيْهِمْ، وَلَا يُزَكِّيهِمْ، وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ». قَالَ: فَقَرَأَهَا رَسُولُ الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثَلَاثَ مِرَارٍ، قَالَ أَبُو ذَرٍّ: خَابُوا وَخَسِرُوا، مَنْ هُمْ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: «الْمُسْبِلُ، وَالْمَنَّانُ، وَالْمُنَفِّقُ سِلْعَتَهُ بِالْحَلِفِ الْكَاذِبِ  Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uch kishi borki, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmaydi ham, nazar solmaydi ham, poklamaydi ham. Ularga alamli azob bor», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni uch marta aytdilar. Abu Zarr: «Noumid bo‘lishibdi, ziyon ko‘rishibdi. Ular kim, ey Allohning Rasuli?» dedi. U zot: «Kiyimini osiltirib yuruvchi, minnatchi va molini yolg‘on qasam bilan xaridorgir qiluvchi», dedilar».
Izoh: 
Takabburlik bilan, o‘zini ko‘rsatish uchun kiyimni osiltirib yurish haromdir. Ammo bu maqsadda bo‘lmasa, zarari yo‘q.
Imom Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:09 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar