O‘qimasam otam oq qilmoqchilar

Assalomu alaykum! Men dunyoviy institutda o‘qiyman. Ota-onam dunyoviy tarzda, men dinga bog‘liq holda yashaymiz. Institutimdagi holat juda achinarli: ustozlar pora evasiga baho qo‘yishadi. Pul bermasa imtihondan o‘tkazmaydi. Yiqilgan talaba qayta imtihon topshiradi va stipendiyadan mahrum bo‘ladi. Men o‘z hoxishimga ko‘ra o‘qishga kirganman. Ammo bunday muhitdan bexabar edim. Boz ustiga soqol qirishga majburlashadi. Talabalar odam sifatida ko‘rilmaydi. Talabalarning juma namoziga borishiga ruxsat berilmaydi. Ustozlarimizning biri meni "imom-domla" deb mazax ham qiladi. Men bunday muhitda hech ham o‘qiy olmayapman. Biron marta ustozlarga nisbatan hurmatsizlik qilmadim, ammo oliy uquv yurtiga majburlikdan boraman. O‘qishni tashlayman deganimda otam "O‘qib, diplom olmasang oq qilaman" deganlar. Shundan qo‘rqib o‘qishimni davom ettirdim. Ammo mana bir yildirki, o‘zim istamay o‘qishga borib kelaman. Kursdoshlarim esa dindorlarga nisbatan xusumatda bo‘lishgani bois, ular meni saflariga qo‘shmaydilar. Bu yil imtihonlarimning uchtasini topshira olmadim. Endi o‘qishdan chetlatishmoqchi. Otam meni oq qilishidan qo‘rqayapman. Ularga aytishga ham botina olmadim. Ustozlar, men endi nima qilay? Oxiratim nima bo‘ladi? Iltimos, menga maslahat bering!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz zo‘r o‘qing. Yaxshi o‘qisangiz ham pora talab qilishsa, bu oluvchiga harom bo‘ladi, sizga emas. Yaxshi mutaxassis bo‘lishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 17:26 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar