Ramazon oyining kirib kelishiga oid hadis
Assalamu alaykum hurmatli shayx hazratlari,Avvalambor barchamizga kirib kelgan muborak mohi Ramazon qutlug‘ bo‘lsin. Allohim jumlai mu‘min va musulmonning qilayotgan toat-ibodati va duolarini o‘z dargohida qabul etib, ajru mukofotiga musharraf aylasin.Kuni kecha ushbu forumning umumiy bo‘limida quyidagi hadisning iqtibos jarayonida ommaga e‘lon qilinganini ko‘rdim va buning qay darajada sahih yoki zaif ekanligini aniqlashtirib berishingizni istardim. Agar sahih bo‘lsa bunga aloqador ikkinchi savolim bor, shunga ham javob yo‘llasangiz. Oldindan rahmat. Abu Hurayra (rz.) rivoyat qiladilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech kim ehtiyot yuzasidan Ramazondan bir yoki ikki kun ilgari ro‘za tutmasin, ro‘zani Ramazonda yangi oy chiqqanini ko‘rib, so‘ng tutsin, ammo xaftaning ma’lum kunlari doimo nafl ro‘za tutib yurgan odam ro‘zasi Ramazonning dastlabki kunlariga to‘g‘ri kelib qolsa, tutaversin", - deb aytganlarSavol: Agar bu hadisni bilmay, shak kunida ham ro‘za tutilgan bo‘lsa (niyatda agar Ramazon oyi kirgan bo‘lsa, ramazon ro‘zasi sifatida , bo‘lmasa oldingi tutolmagan qazo ro‘zalarimning eng oxirgisi sifatida qabul etgin deyilgan), endi esa bu ta‘qiqlangaligi haqida habar topilgan bo‘lsa, bu gunoh sanaladimi? Va umuman bunga kafforat yo bo‘lmasa biron chora ko‘riladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ramazon oldidan bir, ikki kun oldin ro‘za tutmanglar. Magar bir kishi odatidagi ro‘za bo‘lsa tutsin»- dedilar. Beshovlari rivoyat qilgan.Sunan egalari rivoyatida: «Qachon Sha’bon yarmiga etsa ro‘za tutmanglar»- deyilgan.Ahli kitob bo‘lmish kofir qavmlar o‘zlariga farz qilingan ro‘zaning qaysi kun boshlanishiga shubha qilib bir-ikki kun oldin tutishar, oqibatda nafl ibodat bilan farz ibodatni aralashtirib yuborishar edilar. Islomda unga o‘xshash ikkilanish, nafl va farzlarni aralashtirib yuborish ishlariga ruxsat yo‘q. Musulmonlar har bir ibodatni jazm bilan, azmu qaror bilan, naflni nafl o‘rnida, farzni farz o‘rnida ado etishlari lozim. Shuning uchun ham, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ramazon kirishidan oldin bir ikki kun qolganda ro‘za tutishdan qaytarganlar. Ammo bir odam ma’lum kunlarda, misol uchun, dushanba va payshanba kunlarda nafl ro‘za tutib yurishga odatlangan bo‘lsayu, o‘sha kun Ramazondan oldingi kunlarga to‘g‘ri kelib qolsa, tutsa bo‘laveradi. Shuningdek, ba’zi bir kishilar nazr ro‘za niyat qilib qo‘ygan bo‘lsa, ular ham o‘sha nazr ro‘zani tutsa bo‘laveradi.Yuqorida zikr etilgan sabablarga binoan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning, qachon Sha’bon yarmiga etsa ro‘za tutmaganlar, degan hadislariga amal qilib, Sha’bon oyining o‘n oltinchi kunidan boshlab to Ramazoni sharif kirguncha nafl ro‘za tutish makruh bo‘ladi. Odamlar ichida, ushbu tafsilotlarni yaxshi tushunmaganlik oqibatida, Sha’bon oyida ro‘za tutib bo‘lmas ekan, degan tushuncha yuzaga kelgan. Aslida esa gap Sha’bon oyining ikkinchi yarmida ekanini bilib oldik. Sha’bon oyining avvalida ro‘za tutish masalasini esa, kelajak hadislarni o‘rganish jarayonida inshaalloh bilib olamiz. Sila roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ammor ibn Yasir huzurida edik. Bir olovda pishirilgan qo‘y keltirildi. Bas, u: «Englar», - dedi. Qavmdan ba’zilar ortga surilib: «Men ro‘zadorman», - dedi. Shunda Ammor roziyallohu anhu: «Kim odamlar shak qilgan kuni ro‘za tutsa, batahqiq, Abul Qosim sollallohu alayhi vasallamga osiy bo‘libdir», - dedi». Sunan egalari rivoyat qilgan. Buxoriy ta’liq ila rivoyat qilgan. «Abul Qosim» Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning kunyalaridir. Ushbu rivoyatga binoan shak kuni ro‘za tutish mumkin emas hisoblanadi. Bunga ham Sha’bon oxirida ro‘za tutishdan man’ qilish sabablari boisdir. Shak bo‘lib turgani ustiga ba’zi bir kishilar ro‘za tutib olsa qolganlarning shaklari yana ham kuchayishi, orada turli tushunmovchiliklar gapu-so‘zlar va hatto urish janjallar ham kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun musulmonlar birligi va ittifoqini saqlash maqsadida hamma ro‘za tutmasa yaxshi bo‘ladi. Ertasidan, barcha barobar Ramazonning birinchi kuni shu kun, degan jazm bilan ro‘za tutaveradi. Siz istig‘for aytsangiz, kifoya qiladi.
1 May 2022, 18:10 | Savol-javoblar | 166 | Boshqa ibodatlar