Amazonda double brokerage hukmi
Assalomu alaykum! Xozirgi kunda ba’zi logistika korxonalari Amazon Relay degan onlayn platformadan o‘zlarini yuk tashuvchi deb ko‘rsatib yuk olishadi. Masalan ma’lum bir yukni tashib berish uchun Amazon, yuk tashuvchi ABS nomli korxonaga 1500$ taklif qiladi. ABS korxonasi bu yukni olib, o‘zi tashimasdan, boshqa XYZ nomli yuk tashuvchi korxonaga 1200$ga beradi. XYZ korxona o‘z mashinasida ABS korxonasi nomidan (yolg‘on aralashtirgan holatda) bu yukni tashib beradi va 1200$ pulini ABS nomli korxonadan oladi. Agarda yuk tashish vaqtida qandaydir muammo chiqib qolsa, Amazon ABS korxonani jazolaydi. Bunaka faoliyatni double brokerage, ya’ni ikkilamchi brokerlik deyishadi. Amazon o‘zi mustaqil broker xisoblanadi, agarda Amazon shunaka faoliyat olib borayotgan korxonalarni sezib qolsa, ular Amazondan boshqa yuk olisholmaydi. Bu platformadan xamma yuk tashuvchilar ro‘yxatdan o‘tib, o‘zlari tashib berish uchun yuk olishlari mumkin. XYZ korxonasi o‘zi mustaqil yuklarni ololmasligini sabablari : Amazon Relay bilan shartnomasi bo‘lmasligi, reytingi past korxona bo‘lishligi mumkin, yoki shunchaki yukni platformadan olishga ulgurmaydi. Bunday korxonalar xozirda Toshkentda va boshqa viloyatlarda juda xam ko‘p, ko‘pgina ingliz tilini bilgan o‘zbek yoshlar shu sohada ishlab yurishibdi. Double brokerage ning halol yoki xarom ekanligini bilishmaydi. Shuni hukmini chiqarib bersangiz iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yuk tashish uchun tuzilgan shartnomada uni bajaruvchi tomonning shaxsan o‘zi amalga oshirishi shart qilib qo‘yilgan bo‘lsa bunga xilof qilishi shar’an joiz emas. Agar bunga izn berilgan bo‘lsagina uchinchi shaxsni yollab yukni tashittirish mumkin bo‘ladi. Vallohu a’lam!
21 Avgust 2022, 22:32 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat