Bomdod namozining qazosi haqida

1)Ba’zi ba’zida uxlab qolishim oqibatida bomdod namozim oqilmay q oladi. Shu bomdod namozimni qazosini o‘qiyotganimda sunnati hamma vaqt ham qazo qilinadimi? Bir do‘stim faqat peshin vaqtigacha o‘qisengina sunnati ham qazo qilinadi dip etudi. Man o‘zim "KIFOYA" kitobingizda "Bomdodning farzga tobe’ sunnatidan boshqa sunnatlar qazo qilinmaydi" deb o‘qiganidim. 2) Keyin hufton namozidan keyin o‘qiladigan VITR namozi qolib ketsa ham qazo qilib oqiladimi? SHu savollarimga oydinlik kiritib bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Do‘stingiz to‘g‘ri aytgan. Vitr namozi qazo qilinadi.

1 May 2022, 19:44 | Savol-javoblar | 250 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar