Farzand ko‘rishlik
Assalomu alaykum! Sizlarni bu qilgan xayrli ishlaringizda bevosita va bilvosita xizmatda bo‘lganlarni Alloh O‘z panoxida asrasin. Men bir ma’ruzada «er va xotin farzand ko‘rish istagida yaqinlik qilsa va shundan so‘ng tahorat qilib o‘ng tomonini bosib ozgina mizg‘ib(uxlab) olsalar, agar shu yaqinlikdan so‘ng farzand dunyoga kelsa inshAlloh farzand albatta o‘g‘il bo‘ladi» deyilgan. Tibbiyot ilmida esa erkak kishidan «X» va «Y» xromosomalar bo‘lib farzandning qiz yoki o‘g‘il bo‘lishi erkakka bog‘liq. Ya’ni erkakdan «Y» xromosoma ayol bachadoniga tushsa farzand o‘g‘il bo‘ladi deyiladi. Yaqinda tibbiyot xodimlaridan eshitishimcha ayolni o‘ng bachadoniga «Y» xromosoma tusharkan. Sizlardan iltimos bu borada menga yordam beringlar. Yuqorida eshitganlarim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo, musulmon kishi farzandni beruvchi, uni o‘g‘il yoki qizligini taqdir qiluvchi Zot Alloh taolo ekaniga iymon keltirishi lozim. Dinimiz sabablardan foydalanishni joiz qiladi, hatto aksariyat o‘rinlarda sababdan foydalanmaslikni gunoh deb e’lon qiladi. Sizning holatingizda ham sabablardan foydalanishga haqqingiz bor. Muhimi, e’tiqod jihatidan yuqorida aytganimiz kabi beruvchi, uni o‘g‘il yoki qizligini taqdir qiluvchi Zot Alloh taolo ekaniga halal beradigan tushuncha va har xil xurofotlardan ehtiyot bo‘lishingiz lozim. Yuqoridagi siz aytgan holatning hammasi kishilarning shaxsiy tajribalaridan kelib chiqqan xulosalardir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:57 | Savol-javoblar | 134 | Oila va turmush