Tish qonashi

Assalomu alaykum! Men tahorat qilganimdan so‘ng tupugim sarg‘ish bo‘ladi, bir ikki marotaba tufurib tashlasam yuqoladi. Deyarli har tahoratda shunday. Shunday holatda qayta tahorat qilishim kerakmi? Tahoratni buzadigan tish yoki milk qonining miqdori bormi yoki juda oz miqdordagi tish yoki milk qonashi ham tahoratni buzadimi? Misol uchun olma eganimda olmada ham juda kam miqdorda qon izi bo‘ladi. Bu holatdachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tish qonaganda tahorat buzilishini sharti, qon tupukka g‘olib bo‘lishi yoki og‘izda uni ta’mi sezilishi kerak bo‘ladi. دَمٌ مَائِعٌ مِنْ جَوْفٍ أَوْ فَمٍ غَلَبَ عَلَى بُزَاقٍ حُكْمًا لِلْغَالِبِ أَوْ سَاوَاهُ احْتِيَاطًا لَا يَنْقُضُهُ الْمَغْلُوبُ بِالْبُزَاقِ .عَلَامَةُ كَوْنِ الدَّمِ غَالِبًا أَوْ مُسَاوِيًا أَنْ يَكُونَ أَحْمَرَ ، وَعَلَامَةُ كَوْنِهِ مَغْلُوبًا أَنْ يَكُونَ أَصْفَرَ “Qorindan yoki og‘izdan chiqqan suyuq qon tupukka g‘olib bo‘lsa, aksarga hukm berilib, tahoratni sindiradi. Agar tupukka teng bo‘lsa, ehtiyotan tahoratni buzilganligiga hukm qilinadi. Agar tupukka mag‘lub bo‘lsa, tahoratni buzmaydi” (Roddul muhtor). Qon tupukdan g‘olib yoki tupukka barobar ekanligining alomati tupukning qizil bo‘lmoqligidir. Mag‘lub ekanligining alomati tupuk sariq bo‘lmoqligidir (Durrul hukkam). Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/ibodat/toharat-poklik/368-ta-oratga-oid-savol-zhavoblar

1 May 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar