Iftorlik vaqti va milk qonashi

Assalomu alaykum! Ustozlar barchangizni muborak ramazon oyi bilan tabriklayman qilayotgan bu hayrli ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin!
Islom.uz da berilgan taqvim bo‘yicha Buxoroda saxarlik 03:46 ga iftorlik esa 20:08 ga to‘g‘ri kelishi kerak lekin bizda kelgan taqvimlarda 03:31 va 20:05 dep yozilgan qaysi biriga amal qilish kerak tarovehda imom domla ham shu vaqtlarni aytdi.
2). Milklarim tinimsiz qonab turadi deyarli xar yarim soatda bunda bilmay so‘lak bilan yutib yuborishim mumkin ro‘zam ochilib ketmaydimi buni namozda hukmi qanday masalan tarovehda 1, 2 soatlab qolib ketdim shu vaqt ichida milklarim qonagan bo‘lishi mumkin. Javoblaringiz uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Islom uz sayti xodimlari, taqvim sohiblarini qanchalik tahqiq bilan ish yuritganlaridan xabarlari yo‘q. Bu borada javobgarlik taqvim chiqaruvchilarning zimmasida. Siz ehtiyotini olavering. 2). Shuning uchun qo‘lingizga dastro‘mol olib tufugingizni yutmaslikka harakat qiling. Namozda turgan vaqtingizda ham dastro‘molga tuflab qon chiqqan yoki chiqmagani bilib olishingiz mumkin. Bu bilan namoz buzilmaydi.  Eng afzali siz milkingizni davolating. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 21:22 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar