devordagi yozuv

Assalomu alaykum xurmatli Shayx Xazratlari! Bizga kushni kishlokda bir xonadon egasi uyiga paxsadan devor urgizgan.Va devorda kandaydir, ko‘rinishidan arab yozuviga juda xam o‘xshaydigan uzundan-uzun yozuvlar paydo bo‘lib qolgan.O‘sha xonadonga qo‘shni bo‘lgan og‘aynim aytgandi ishonmadim.Borib o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim va ishonch xosil qildim.Nima yozilganligini o‘qiy olmadim lekin xaqiqatdan xam chamasi 15sm kattalikdagi arab xarflariga o‘xshash belgilarda uzunligi 12-15 metrga etadigan qandaydir yozuvlar bor ekan.Og‘aynimni aytishicha uy egalari va ustalar yozuvni yo‘qotish uchun qaytadan loy surkab chiqishsa xam devor qurib yana o‘sha yozuvlar qayta ko‘rinyapti ekan.Xozir ko‘pchilik qiziqib borib ko‘ryapti. Xurmatli Shayx Xazratlari bu kabi xodisalarda biror ma’no bormi? Noo‘rin savol bergan bo‘lsam uzr.Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu kabi hodisalarda ma’no yo‘q. Musulmon jinlar qilishi mumkin.

2 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 140 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar