Ummatni dinini yangilaydigan

Assalomu alaykum! Ahmad ibn Hanbal rohmatullohi alayh Alloh azza va jalla har 100 yilning boshida ummatni dinini yangilaydigan bir kishini yuboradi degan hadisni rivoyat qilib, “avvalgi 100 yil o‘tgan olimlarni taftish qildik, bu olim Umar ibn Abdulaziz ekan, keyingi 100 yildagi olimlarni taftish qildik, unda biz imom Shofe’iy ekanligini bildik” degan ekanlar. Shu xadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bu rivoyat sahih va mashhurdir. عن ابي هريرة رضي الله عنه عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أنه قال: إِنَّ اللَّهَ يَبْعَثُ لِهَذِهِ الْأُمَّةِ عَلَى رَأْسِ كُلِّ مِائَةِ سَنَةٍ مَنْ يُجَدِّدُ لَهَا دِينَهَا رواه أبو داود (رقم/4291) وصححه السخاوي في "المقاصد الحسنة Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:   Alloh taolo har yuz yil avvalida bu ummatga dinini yangilaydigan(dinga kirib qolgan bid’at va noto‘g‘ri tushunchalarni bartaraf qiladigan)larni yuboradi. Abu Dovud rivoyati. Bu bir kishi bo‘lishi ham mumkin, bir necha kishilar bo‘lishi ham mumkin. Har yurtda alohida-alohida bo‘lishi ham mumkin. Ahmad ibn Hanbal hadis haqidagi o‘z tushunganlarini aytganlar. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 07:11 | Savol-javoblar | 90 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar