E476

Assalomu alaykum! Ustozlar, Rossiyadan keltirilgan aksariyat shokoladlarga soevыy letsitin (E476)  qo‘shilar ekan.  Aslida soevыy letsitin (E476) cho‘chqa yog‘i ekan,  marketing qilish maqsadida tarkibida soevыy letsitin deb nom berishib sotuvga chiqarishadi deb bir saytda o‘qib qoldim.  Shu ma’lumotlar qanchalik to‘g‘ri? Sizlarda bu haqida ma’lumot bo‘lsa batafsil tushuntirib beringlar iltimos. Agar savolim noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa oldindan uzur so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi ma’lumotlarni aniqlanmagunicha, tarqatmaslik kerak. Qolaversa, shokolad yoki boshqa mahsulotlarni tarkibidagai ba’zi narsalar juda ham oz bo‘lib, “istiqola” hukmi asosida yo‘q bo‘lib ketadi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:11 | Savol-javoblar | 740 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar