Yosh bolalar gilamni najosat qilib qo‘ysa
Assalomu alaykum! Bilamizki, uyida yosh bolasi borlar bolachasi gilamga siyib qo‘yadi. Hoh u qurimagan yoki eski (4-5 kun oldingi qurigan bo‘lsa ham) biz namoz o‘qishga taxorat olib bo‘lgach albatta gilamda yuramiz. Bu bilan biz taxoratimizni buzib qo‘ymaymizmi? Ayollar oyoqyalang (paypoqsiz) namoz o‘qishi mumkin bo‘lsa bu holatda ya’ni qurigan bo‘lsada siydik ustidan yurib borib joynamozga oyoq qo‘yib namoz o‘qishlik joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Ayollar paypoqsiz namoz o‘qishida ruku’ va sajda paytida poychasi tufuqdun tepaga ko‘tarilib ketmasligi kerak. Imom Abu Hanifa va Muhammad rahmatullohi alayhimolarning qavllari bo‘yicha ayol kishi boldirining choragini ochib namoz o‘qisa, namozi namoz bo‘lmaydi. Undan ozini ochib o‘qisa, namozi joiz. Hanafiy mazhabi bo‘yicha ayol kishining qadami avrat emas. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 12:18 | Savol-javoblar | 157 | Namoz