Jamoat namozida imomning hatosi
ustoz. Biz uyda turmush o‘rtog‘im, o‘g‘lim, men va qizim jamoat bo‘lib peshin namozini o‘qiyotgan edik, o‘g‘lim imom bo‘ldi sababi turmush o‘rtog‘imni tajvidlari yo‘qligi uchun, o‘g‘lim 20 yoshda. O‘g‘lim peshinni 3 rakatidan keyin qadai ohirga o‘tirdi, man uni hato qilganligini bildim ammo jamoatda ho‘jayinim borliklari uchun imomga luqma tashlolmadim. Turmush o‘rtog‘im bo‘lsa o‘g‘limni hatosini sezmadilar, o‘g‘lim hatosini solomdan oldin esladida, shu 3 rakat bilan kifoyalanib sajdai sahf qilib namozni tugatti. Man o‘g‘limga nimaga sajdai sahf qilding desam 4 rakatlik peshinni 3 rakat o‘qibman shunga sajdai sahf qilib 4 rakatga to‘latdim dedi, man noto‘g‘ri qilding attahiyatuni 3 rakatdan keyin o‘qigan bo‘lsang ham turib yana bir rakat o‘qishing kerak edida ohirida sajdai sahf qilishing kerak edi shunda namozimmiz to‘g‘ri bo‘lardi dedim vallohi a’lam. Biz peshin namozimmizni qaytadan o‘qib oldik ammo, namozdan keyin o‘g‘lim mandan dalilingiz bormi dedi manda aniq dalil bo‘lmaganidan sizdan so‘rab beraman dedim. Aytingchi ustoz bunday vaziyatda shariatni xukmi qanday bo‘ladi, bu erda kimni ishi to‘g‘ri. Savollarimni fitna chiqarish uchun emas dinga to‘g‘ri amal qilish uchun berayapman, biz hozirgi vaqta O‘zbekistonda emasligimmiz uchun dinimmizni asosiy Shayh hazratlariga internet orqali berilgan savol-javoblardan, qolaversa sizga berilgan savol-javoblardan o‘rganiyapmiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
siz to‘g‘ri aytgansiz. to‘rt rak’atli namozda to‘rt rak’at o‘qish farz. farz noqis bo‘lib qolganida farz amalini sajdai sahv bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. sajdai sahv bilan faqat vojib amalida noqislik yo unutish bo‘lganida to‘ldiriladi.
3 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 147 | Ayollarga oid masalalar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
siz to‘g‘ri aytgansiz. to‘rt rak’atli namozda to‘rt rak’at o‘qish farz. farz noqis bo‘lib qolganida farz amalini sajdai sahv bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. sajdai sahv bilan faqat vojib amalida noqislik yo unutish bo‘lganida to‘ldiriladi.
3 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 147 | Ayollarga oid masalalar