Tavba qabul bo‘lganini bilish
Assalomu alaykum! Nomoz o‘qib duoga qo‘l ochsam gunohlarim uchun tavba qilaman, lekin doim shu payt yuragim og‘riy boshlaydi. Alloh taolo tavbamni qabul qilganini qanday bilaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson bir idish hisoblanadi. Yangi tug‘ilganida pokiza va beg‘ubor bo‘ladi, so‘ng unga ko‘z, quloq, og‘iz orqali nima kirsa idish o‘sha bilan to‘lishni boshlaydi. Ma’lum bir yoshga etganda esa ichidagi narsalar uni harakatga keltirishni boshlaydi. Yaxshlik bilan to‘lgan bo‘lsa yaxshilik tomoniga, agar nafrat, g‘azab, kibr, hasad kabi razil narsalar bilan to‘lgan bo‘lsa yon atrofiga o‘sha narsalarni tarqatadi. O‘sha idishga tushadigan eng xavfli narsalardan yana biri kufr, shirk va Alloh farz qilgan narsalarni tark qilib, qaytargan narsalarni qilib ichkariga kirgan gunohlarning axlati(asorati)dir. U narsalar insonni tashqi ko‘rinishini har qancha yuvib tozalagani bilan ular inson qalbi va miyasini o‘ta darajada ifloslantirib qo‘ygan bo‘ladi. Ular milionlab insonlarni o‘ldirish, shafqatsiz azoblash, birovning ustidan ezib rohat olish, obro‘sini to‘kib huzurlanish kabi razolatga etaklaydi. Inson o‘z idishi toza yoki kir ekanligini o‘ylayotgan fikri, yon atrofidagi insonlarga tarqatayotgan foyda yoki zarari, qilayotgan muomalasidan bilib olaveradi. Chunki inson idishiga mandarin kabi shirin ta’mli shirin hidni joylagan bo‘lsa, atrofidagilariga ham o‘sha hid va ta’mni beradi. Ichini chayonga o‘xshab zahar bilan to‘ldirgan bo‘lsa o‘zgalarga etkazadigan narsasi faqat zahar bo‘ladi. Sodir qilingan gunoh inson qalbi va miyasiga kiradigan axlatga o‘xshaydi. Uni tezda tavba ila yuvish shart. Yana shu ishni qilamanda deb u axlatni yuvmasa u ko‘payib, qasmoqlashib, insonning jasadidagi butun ho‘jayralarga o‘rnashib oladi. Undan keyin ulardan qutilish qiyin bo‘ladi. Buni o‘sha narsaga odatlanish deyiladi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 15:38 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar