chegara

assalamu alaykum ustoz shayh hazrtlari. otgan ramazon oylarida bizni savollarimizga koproq va uzluksiz javob berib turishdek biz uchun muhim bolgan yahshilikni qilib konglimizi juda hushnud ettiz. allohdan sizga koproq ilmiy salohiyat va baraka kuch ato etishini sorab duo qilaman. ustoz bu safargi savolim ruhiy tarbiya kitobizi birinchi qismini oqib chiqqanimdan kegin paydo boldi.ustoz man kitobni oqish davomida har bir holatni ozimga nisbatan solishtirib kordim. togrisi butunlay hamma amallarimdan havotirga tushub qoldim. bazi tushunchalarni ozimga hos holatda chegarasini bilolmay qoldim. ya’ni:ustoz islomda 1.gurur bilan kibrni chegarasi nima bilan belgilanadi. 2.jasorat jasurlik bilan zoravonlik chegarasichi... 3.qorqoqlik bilan tavoze’, kechrimlilik bosiqlilik chegarasichi. 4.qitmirlik,ziqnalik bilan ehtiyotkorlik, tejamkorlilik.ustoz balki bularni chegarasi inson shu holatlarga duch kelganda qay darajada shariatga taqvo bilan amal qilganligidamikin deb oylab qoldim. balki bularning chegarsi har bir shahsda har hil boladimikin.? 5. ustoz shu kitobni ikkinchi qismini olib oqishga imkonim yoq hozir. yani ameri’a qoshm shtatlaridaman . lekin ikinchi kitobni tezda oqishni boshlamoqchi edim. iltimos mani e-mail adressim ga shuni elektron variantini yubortirish imkoni bormi. hudo hohlasa nushasini kopaytirmasdan bittagina nushasini olib oqib chiqamiz bu erdagi kopchilik dostlarimiz bilan. 6.ustoz haqqimizga duo qilin iltimos Alloh kasblarimiz qilayotgan ishlarimiz bilan eng avvalo Alloh yolida islom rivoji oilamiz yaqinlarimiz foidalariga baraka bersin...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yuqoridagi sifatlarning chegarasi kishining holatiga qarab chegaralanadi. Misol uchun o‘zgaga zarar etkazmay mardlik qilish jasorat bo‘lsa, o‘zgacha zarar etkazish zo‘ravonlikdir.- Duo qilib turinglar. «Ruhiy tarbiya»ning 2 va 3 juzlari yaqinda chiqib qoladi. Ammo bizning alohida jo‘nutish imkonlarimiz yo‘q bo‘lsa kerak.- Inshaalloh, qo‘ldan kelganicha duodamiz. Sizlar ham bizlarni duo qilib turinglar.

2 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 154 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar