Hayz holatida unutib Qur’on oyatlaridan aytib yuborish

Assalomu alaykum! Menda bu xolat juda ko‘p takrorlanadi, biror ish bilan mashg‘ul paytimda, yurgan yo‘limda yodlab kelayotgan suralarim o‘z o‘zidan tilimda aylanaveradi. Ya’ni xayz xolatimda xam aytib yuborib, 3-4 oyat aytib bo‘lganimdan keyin xayz xolatida ekanligim yodimga tushib to‘xtayman. Bunday xolatda gunoxkor bo‘lib qolmayapmanmi deb yuragim siqilib qolyapti?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qasddan qilsangiz gunohkor bo‘lasiz. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ تَجَاوَزَ لِأُمَّتِي مَا حَدَّثَتْ بِهِ أَنْفُسَهَا مَا لَمْ يَتَكَلَّمُوا أَوْ يَعْمَلُوا بِهِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, Alloh mening ummatimdan, modomiki, gapirmasalar yoki qilmasalar, ko‘nglidan o‘tkazganini kechib yubordi», dedilar».
Ikki hadisni Imom Muslim rivoyat qilgan.  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 159 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar