Birovni xaqini eyish
Assalomu alaykum! Ustozlar. Islom dini birovni xakkini emaslikga undaydi. Savolim: Toshkentda xususiy klinikalarni narxlari o‘zi qimmat (qishloq axolisiga bu judayam qimmat). Chiqishingizda yana qo‘shimcha pullar yoziladi. (Shu pulga loyiq davo topilmasa) bu o‘sha klinika birovni xaqqini eyish xisoblanadimi, agar xaq eyish, birovdan ortiqcha pul olish gunox bo‘lsa bu gunox kimni zimmasiga yoziladi? Klinikada ishchi xodimlari ko‘pku? Inson vafot etsa taqdir yoki ajal deyiladi, lekin puli borlar davolanib yuripdi, puli yo‘q bazilar vafot etib ketadi. Ajal pul bilan uzaytirilarkan degan tushuncha paydo bo‘lib qoladi bir xilda, buni nima deb tushunishni bilmay qolaman. Noo‘rin savol bergan bo‘lsam uzr so‘rayman. Yaqinda Toshkentda bir dovrug‘i taralgan klinikada onamni davolatdim. Bo‘lim mudiri shifokor onamni davolay olmaganini bildi, lekin elkasini qisib 13 milyon pul to‘latdi(10 kun yotdi), yana biroz yoting kasalini aniqlaymiz deydi, lekin u erda bir kun yotishni o‘ziga otni kallasiday pul yoziladiku. Shu bilan klinika mani xaqqimni edi dedim, o‘ta dilim og‘ridi, onamga bildirmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha narxlarni belgilab berganlarga yoziladi. Hech qanday natija bermasa pulini undirib olishga mijozlarni haqqi bor. Davolay olmagani uchun doktordan haq undirishga ham haqqinglar bor. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 17:27 | Savol-javoblar | 182 | Halol va harom