Tanishimdan olgan ortiqcha pul

Assalomu alaykum! Aziz ustozlarim, menga bir tanishim o‘z biznesiga pul tikishini va foyda bilan qaytarib olishimni aytgan edi, lekin kelishilgan kundan o‘tsa ham beray demas edi. O‘z pulimni zo‘rg‘a qaytarib oldim. Keyin oshiqcha 300_400$ so‘mda oldim. Hozir bu ish ribo ekanligini anglab etdim, lekin bilsam bu do‘stim ko‘pchilikdan qarz olib norozi qilib kelgan ekan. Men olgan pullarimni qaytarishim kerakmi yoki shu pulni uning nomidan ehson qilishim kerakmi yoki uning o‘zi rozi bo‘lsa qaytarishim shart emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ustama olishingiz noto‘g‘ri. Birorta haqdoriga berib “sizni qarzingizni to‘lab qo‘ydim” desangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 17:45 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar