Vojib tark etilyaptimi?

Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari. Alloh sizga ikki dunyoda ham avf va ofiyatni bersin! Hazrat salom berish sunnat deganda men eng kamida "Assalomu alaykum" deb salom berishni tushunaman. Alik olish deganda esa eng kamida "Va alaykum assalom" deb alik olishni tushunaman. Alik olish vojib ekanini inobatga olsak, "Assalomu alaykum" deb salom bergan kishiga "Va alaykum assalom" deb alik olish vojibmi yoki alik oluvchi kishi ham "Assalomu alaykum" desa vojib ado etilgan bo‘ladimi? Javobingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- "Va alaykum assalom" deb alik olish vojib.

3 May 2022, 08:54 | Savol-javoblar | 150 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar