Do‘stimga berilgan qarzni kechish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, uzr qimmatli vaqtlaringizni olib yana savol beryapman. Men bir do‘stimga durustgina qarz bergandim, ancha vaqt o‘tsa-da, imkoni bo‘la turib qaytarmadi va safarga jo‘nab ketdi. Men bergan qarzimdan voz kechsam, sadaqa hukmida bo‘ladimi? Do‘stim gunohkor bo‘lib qolmaydimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz kechish o‘rniga kutib turavering. Har bir o‘tgan kunga savob yoziladi. Shoshiltirmasangiz do‘stingiz ham gunohkor bo‘lmaydi. Ba’zi bir ishlar borki yaxshilik bo‘lsa-da, o‘zgalar xulqining buzilishiga sababchi bo‘ladi. Haddini bilmaydigan kishini erkalatsangiz, oyoq kiyimini echmay to‘rga chiqib oladi. U kabilar uchun yaxshilikning yo‘li, unday qilishlariga yo‘l qo‘ymaslikdir. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 18:04 | Savol-javoblar | 169 | Moliya va tijorat