Duo qilganda ismini aytish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, duo qilganda ismini aytish afzal degan ma’lumotni o‘qib qoldim. Shunday qilish shartmi? Ismini aytmasdan masalan: doda-buvimga yo utgan jami insonlarga desam xam bo‘ladimi? Baribir Alloh xammasini ismini kimni ko‘nglimdan o‘tkazganimni qolaversa kimni ruxi umidvor O‘zi biladiku. Sizlardan juda xam minnatdorman. Barcha javoblaringiz bilan qalbim hamda umr yolimni to‘g‘ri bir yolga tushib olishiga katta yordam berayapsizlar. Sizlarni ayniqsa ro‘zada ijobati va savobi ham go‘zal bo‘ladi degan umid bilan ko‘p duo qilaman. Muammo sizlarni jamoangiz va ismingizni umuman bilmayman. Shu sabab Zikr ahli xay’atiga deb duo qilsam bo‘ladimi?
2-Saad ibn Muoz vafot etganda Allohning arshi qimirlab ketgani hakidagi hadis rostmi? Rost bo‘lsa u insonning hislatlaridan aytib bersangizlar. Javobingiz uchun avvaldan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Fikringiz to‘g‘ri, ismini aytish shart emas. 2). Rost. U zot roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga mustahkam kishi edilar. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 157 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar