Jixod va xijrat qilish xususida

Xurmatli Shayx Xazratlari!!Meni bir savolim bor edi Sizga, agar imkoniyatingiz bo‘lsa aniqlik kiritib bersaengiz:so‘nggi vaqtlarda internet tarmog‘ida juda ko‘p "jixodni vojibligi" hamda "xijrat" qilishsh xaqida turli maqollalar ko‘payib bormoqda. Bizning yurtimizda, ya’ni O‘zbekistonda bunga qanday qarash lozim? Avvaldan Sizga raxmatimni aytaman!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu hukm ojiz va bemor bo‘lmaganlar hamda turishga majbur qilinmaganlar uchundir.Ammo fitnadan qo‘rqmasa va dinini izhor qilish imkoni bo‘lsa, uning uchun dorul islomga hijrat qilish mustahab bo‘ladi. Uning hijrat qilishi vojib emas.Kuvayt Vaqf va Islomiy ishlar vazirligi nashr etgan «Fiqh ensiklopediyasi»dan keltirilgan misolda gap dorul harb–musulmonlarga qarshi urush e’lon qilgan diyorda yashab turgan musulmonlar haqida ekanini yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz.Hozirgi kunda deyarli barcha mamlakatlar o‘rtasida tinchlik sulhlari tuzilgan. Bu erlarda yashab turgan musulmonlarni qanday qilib kofirga chiqarish mumkin. Hamasr ulamolarimiz aslida nomusulmon bo‘lgan g‘arbiy davlatlarda musulmonlarning yashashlari, ishlashlari va o‘sha davlat fuqarolari bo‘lishlariga fatvo berganlar.Bas, shunday ekan, aslida musulmon bo‘lgan yurtlarda namozini o‘qib, ro‘zasini tutib, boshqa o‘ziga farzi ayn bo‘lgan hukmlarga amal qilib yurgan musulmonlarni «Hijrat qilmasang, kofir bo‘lasan!» deyish qaerdan chiqqan?!Ikkinchidan, avval ham aytib o‘tganimizdek, «Hijrat qilmagan kofir bo‘ladi» deb aytayotganlarning o‘zlari qaerga hijrat qilishni aytib bera olmaydilar. Zotan, ularning fikriga binoan, hozir hamma mamlakatlar dorul kufr. Ular o‘zlari qurgan harbiy qarorgohlarga hijrat qilishni va o‘sha erdan hujum uyushtirib, o‘zlari reja qilayotgan xayoliy davlatni qurishni taklif qiladilar. Ana, gap qaerda!”“Ziyoratchilardan biri o‘ziga kerak bo‘lgan bir necha savollardan keyin jiddiyroq savol borligini aytdi.«Qani, eshitaylik-chi, qanday savol ekan o‘zi?»–dedim.«Ba’zi birodarlar, hozir hijrat qilish farz, busiz ish bitmaydi», deyishmoqda. Bunga nima deymiz», dedi.«Hijrat qilish farz bo‘lsa, nima uchun o‘zingiz uni qilmay yuribsiz, demadingizmi?»–dedim.«Bu narsa esimga kelmapti. Ammo u odam juda qattiq turib, shu ishni qilish kerak, deb uqtirmoqda», dedi.«Farzi aynlarni ado etishga imkon bo‘lsa, hijrat farz bo‘lmaydi. Bu gapni avval nima qilsa, qilib yurganlar o‘zlaridagi nuqsonni xaspo‘shlash uchun aytishadi. Ular shunday qilsalar, gunohlari engillab qolganga o‘xshaydi. Sizlar tushunib oldingiz, unga o‘xshash gaplarga e’tibor bermanglar», dedim.«Haqiqatan, o‘sha odam har xil ishlarni qilib yurardi. Sirni endi tushundim», dedi miyig‘ida kulib ziyoratchi.Bugungi kunda dinda mana shu turdagi haddan oshganlar bizda juda ham ko‘p. Ulardan juda ehtiyot bo‘lish kerak.

21 Aprel 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 189 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar