Qarzni oradan vaqt o‘tgach to‘lash

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bundan 11 yil avval talabalik davrimda bir kursdoshimdan qarzga pul olgandim. Aniq qiymati esimda yo‘q ( ichki xissim yo 9000, yo 20000 so‘m atrofida edi deydi). Ma’lum sabablarga ko‘ra u bola bilan aloqa uzilib qolib qarzimni qaytara olmaganman. Xozirgi kun u bolani qidirvomman. Agar u bolani topsam qarzimni qanday qaytaraman, ya’ni qancha pul berishim kerak? 2. Mabodo ilgari olgan mayda qarzlar esimdan chiqib qaytarmagan bo‘lsam va mendan olib qaytarishmagan bo‘lsa nima qilishim kerak? Ularni eslolmayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Qarzni chiroyli qilib qaytaring.
2). Shuning uchun Alloh taolo qarz oldi-berdisini yozib qo‘yishga O‘zining muborak kalomidan bir sahifasini ajratgan. Bu qarz oldi-berdisi o‘ta nozik masala ekanligiga dalolat qiladi. Asosiysi ularni roziligini oling. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 18:17 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar