Namozni engil qilish haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam namozlarni engil(qisqa) o‘qinglar degan hadislari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu katta jamoatlarga tegishli. Bizga tegishli emas. Chunki bizning namozlarimiz quyidagi hadisga tushadi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ دَخَلَ الْمَسْجِدَ فَدَخَلَ رَجُلٌ فَصَلَّى ثُمَّ جَاءَ فَسَلَّمَ عَلَى النَّبِيِّ اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَرَدَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَيْهِ السَّلَامَ، فَقَالَ: ارْجِعْ فَصَلِّ فَإِنَّكَ لَمْ تُصَلِّ، فَصَلَّى ثُمَّ جَاءَ فَسَلَّمَ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ: ارْجِعْ فَصَلِّ فَإِنَّكَ لَمْ تُصَلِّ ثَلَاثًا، فَقَالَ: وَالَّذِي بَعَثَكَ بِالْحَقِّ مَا أُحْسِنُ غَيْرَهُ فَعَلِّمْنِي، فَقَالَ: إِذَا قُمْتَ إِلَى الصَّلَاةِ فَكَبِّرْ، ثُمَّ اقْرَأْ مَا تَيَسَّرَ مَعَكَ مِنَ الْقُرْآنِ، ثُمَّ ارْكَعْ حَتَّى تَطْمَئِنَّ رَاكِعًا، ثُمَّ ارْفَعْ حَتَّى تَعْتَدِلَ قَائِمًا، ثُمَّ اسْجُدْ حَتَّى تَطْمَئِنَّ سَاجِدًا، ثُمَّ ارْفَعْ حَتَّى تَطْمَئِنَّ جَالِسًا، ثُمَّ اسْجُدْ حَتَّى تَطْمَئِنَّ سَاجِدًا، ثُمَّ افْعَلْ ذَلِكَ فِي صَلَاتِكَ كُلِّهَا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَزَادَ أَبُو دَاوُدَ: فَإِذَا فَعَلْتَ هَذَا فَقَدْ تَمَّتْ صَلَاتُكَ، وَمَا انْتَقَصْتَ مِنْ هَذَا شَيْئًا فَإِنَّمَا انْتَقَصْتَهُ مِنْ صَلَاتِكَ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam masjidga kirdilar. Bir odam ham masjidga kirdi va namoz o‘qidi. So‘ngra kelib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning salomiga javob berdilar va:
«Qayt, borib namoz o‘qi. Sen namoz o‘qiganing yo‘q», dedilar. U borib, namoz o‘qidi. So‘ngra kelib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Bas, u zot:
«Qayt, borib, namoz o‘qi. Sen namoz o‘qiganing yo‘q», dedilar. Uch marta shunday bo‘ldi. Bas, shunda haligi odam:
«Sizni haq ila yuborgan Zot ila qasamki, bundan yaxshi o‘qiy olmayman, menga o‘rgating», dedi.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon namozga tursang, takbir ayt. So‘ngra o‘zingga muyassar bo‘lganicha Qur’ondan qiroat qil, so‘ngra ruku’ qil va ruku’da tin ol, so‘ngra g‘oz turib, tiklan. So‘ngra sajda qil va sajdada tin ol. Keyin 
(boshingni) ko‘tar va o‘tirib tin ol. So‘ngra sajda qil va sajdada tin ol. Keyin namozingning hammasida shunday qil», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Abu Dovud:
«Bas, qachon shuni qilsang, namozing to‘liq bo‘ladi. Bundan biror narsani kam qilsang, namozingdan kam qilgan bo‘lasan», degan ziyodani keltirgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

2 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 174 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar